Kontent qismiga oʻtish

Mavlono Humomiddin Kalobodiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mavlono Humomiddin Kalobodiy“Nasoyim ul-muhabbat”da til­ga olingan tasavvuf shayxi. Sherozning Kalobod (Gulobod) qishlogʻida yashagan. Alisher Navoiy oʻspirinligida shayxni ziyorat qilgani, shayx uni duoyi xayrlar qilib, bir belbogʻ inʼom etganini yozadi. Sherozda vafot etgan. “Nasoyim ul-muhabbat”ga ushbu shayx bilan bogʻliq fasl Navoiy tomonidan qoʻshilgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Majolis un-nafois.