Matthew Besler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matthew Scott „Matt“ Besler (talaffuzi: Metyu Skott "Matt" Besler) — amerikalik futbolchi. U AQSh terma jamoasi va MLSning „Sporting Kansas City“ va „Austin“ klublarida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Matthew BeslerFutbol
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Matthew Scott Besler
Tugʻilgan 11-fevral 1987-yil (35 yosh)
Overland Park, Kansas, AQSh
Fuqaroligi
Boʻyi 168 sm
Vazni

77 kg

Pozitsiyasi himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matthew Scott Besler

2005-2008-yillarda Matthew Besleroʻzi tahsil olgan Notr-Dam universitetining futbol jamoasida oʻynagan[1].

Matthew Besler „Kansas City Wizards“ tomonidan 2009-yil MLS Super Draftida sakkizinchi oʻrinni egallagan[2] . Uning professional debyuti 28-mart kuni „Colorado Rapids“ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan va u final hushtagi chalinguncha zaxiradan maydonga tushgan. 2011-yil 26-mart kuni „Chicago Fire“ga qarshi duelda Matthew Besler professional faoliyatidagi ilk golini urgan[3].

2021-yil 6-yanvarda Matthew Besler MLSning yangi kelgan „Austin“ klubiga bepul transfer orqali qo‘shildi[4][5]. 17- aprel kuni u 2021-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los-Anjeles“ga qarshi oʻynadi, bu „Austin“ning MLSdagi debyutiga aylandi[6]. 2021-yil 10-noyabrda Matthew Besler futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[7][8][9].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 29-yanvarda Matthew Besler AQSh terma jamoasi safida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[10] . Oʻsha yilning yozida terma jamoa tarkibida Matthew Besler KONKAKAF Oltin Kubogini qoʻlga kiritdi[11]. Turnirda u Salvador, Gonduras va Panama terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda maydonga tushdi[12][13].

2014-yilda Matthew Besler terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi [14][15][16]. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[17][18].

2016-yilning yozida Matthew Besler oʻz uyi Amerika kubogida ishtirok etdi [19]. Turnirda u Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[20].

2016-yil 2 sentabr kuni JCh-2018 saralash bahsida Sent-Vinsent va Grenadinlar terma jamoasiga qarshi oʻyinda Matthew Besler AQSH terma jamoasi uchun birinchi golni urdi[21].

2017-yilda Matthew Besler ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogini qoʻlga kiritdi[22][23]. Turnirda u Panama , Nikaragua, Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[24][25].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Play-off bosqichi AQSh kubogi KONKAKAF Jami
Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Sporting Kansas City 2009 28 0 0 0 1 0 3 0 32 0
2010 12 0 0 0 0 0 0 0 12 0
2011 32 2 3 0 4 0 0 0 39 2
2012 31 0 2 0 5 0 0 0 38 0
2013 23 0 5 0 0 0 2 0 30 0
2014 24 0 1 0 0 0 5 0 30 0
2015 32 0 1 0 5 0 0 0 38 0
2016 18 1 1 0 1 0 0 0 20 1
2017 26 0 1 0 3 0 0 0 30 0
2018 31 0 4 0 1 0 0 0 36 0
2019 27 0 0 0 0 0 6 0 33 0
2020 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 286 3 18 0 20 0 16 0 340 3
Austin FC 2021 20 0 0 0 0 0 0 0 20 0
Umumiy karyerasi 306 3 18 0 20 0 16 0 360 3

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari

AQSH bayrogʻi AQSh

  • KONKAKAF oltin kubogi sohibi: 2013, 2017

AQSH bayrogʻiSporting Kansas City

  • MLS chempioni (MLS kubogi gʻolibi): 2013-yil
  • Lamar Hunt kubogi gʻolibi — 2012, 2015, 2017

Shaxsiy yutuqlari

  • MLSda yilning eng yaxshi himoyachisi: 2012-yil
  • MLS ramziy jamoasi aʼzosi: 2012, 2013
  • MLS yulduzlar oʻyini ishtirokchisi: 2011, 2013, 2014, 2015

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Matt Besler“ (en). Notre Dame Fighting Irish – Official Athletics Website. 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  2. „2009 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2009-yil 15-yanvar). 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  3. Kurt Austin. „Sporting KC Falls 3-2 at hands of Fire“ (en). Sporting Kansas City (2011-yil 26-mart). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  4. „Austin FC Acquires Sporting Kansas City Captain Matt Besler via Free Agency“ (en). Austin FC (2021-yil 6-yanvar). 2021-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  5. Jonathan Sigal. „Matt Besler joins Austin FC as free agent after Sporting Kansas City tenure“ (en). MLSsoccer.com (2021-yil 6-yanvar). 2021-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-mart.
  6. Mike Craven. „Austin FC vs LAFC live updates: Austin's first MLS match ends in 2-0 loss to LAFC“ (en). Austin American-Statesman (2020-yil 17-aprel). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  7. „Retirement | By Matt Besler“ (en). Austin FC (2021-yil 10-noyabr). 2021-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  8. Dylan Butler. „Matt Besler retires after illustrious MLS, United States career“ (en). MLSsoccer.com (2021-yil 10-noyabr). 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  9. Sam Kovzan. „Forever a Legend: Longtime Sporting defender Matt Besler announces retirement“ (en). Sporting Kansas City (2021-yil 10-noyabr). 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
  10. „U.S. MNT Kicks Off Centennial Year with Scoreless Draw Against Canada at BBVA Compass Stadium in Houston“ (en). U.S. Soccer (2013-yil 29-yanvar). 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-yanvar.
  11. „США VS. Гондурас 3:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 25-iyul). 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-sentyabr.
  12. „США VS. Сальвадор 5:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 21-iyul). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-sentyabr.
  13. „США VS. Панама 1:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 28-iyul). 2017-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-sentyabr.
  14. „Klinsmann Names U.S. MNT’s 23-Player Roster for 2014 FIFA World Cup“ (en). U.S. Soccer (2014-yil 22-may). 2014-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-may.
  15. „Бельгия VS. США 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 1-iyul). 2015-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  16. „США VS. Португалия 2:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 23-iyun). 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  17. „Гана VS. США 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 17-iyun). 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  18. „США VS. Германия 0:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 26-iyun). 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-may.
  19. „Klinsmann Names 23 Player Roster for historic Copa America Centenario“ (en). U.S. Soccer (2016-yil 21-may). 2016-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-may.
  20. „США VS. Эквадор 2:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 17-iyun). 2016-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyun.
  21. „USA Players Enter Record Book as Team Steps Closer to Hex in 6-0 Qualifying Win at St. Vincent“ (en). U.S. Soccer (2016-yil 2-sentyabr). 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  22. „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  23. „Коста-Рика VS. США 0:2“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-iyul). 2018-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  24. „США VS. Ямайка 2:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 27-iyul). 2017-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  25. „Никарагуа VS. США 0:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 16-iyul). 2017-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.