Matt Lambros

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mett Lambros (1985-yil 8-fevral sanasida tugʻilgan) – Kanada futbolining sobiq professional oʻyinchisi. 2009-yilgi CFL loyihasining ikkinchi bosqichida oʻrin olgan oʻyinda Toronto Argonauts tomonidan jamoaga safiga tanlab olingan. Kollejning Liberty Flames jamoasi safida futbol oʻynagan. 2011-yil iyun oyida Monreal Alouettes jamoasida mashgʻulot yigʻinida qatnashdi, ammo ichki nizolar sabab 2011-yilning 18-iyunida jamoani tark etadi[1].

Hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lambros 1985-yilining 8-fevralda Alberta shtatining Kalgari shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Mayk Lambros 1972-yildan 1975-yilgacha Edmonton Eskimoslari safida himoyachi boʻlgan oʻynagan[2]. U Kalgari shahridagi Ser Uinston Cherchill oʻrta maktabida futbol oʻynashni boshlagan. Keyinchalik Lambros maktabdagi jamoasi safida oʻynab „Yilning eng yaxshi oʻyinchisi“ deb topilgan va maktab jamoalar ichida gʻolibga aylangan[3].

Lambros oʻrta maktabda futbol oʻynagan sobiq jamoasiga murabbiylik qildi. Keyinchalik esa Jim Barkerning maslahati bilan Virjiniya shtatining Linchburg shahridagi Ozodlik universitetiga oʻqishga topshiradi[4]. Lambros 2005-yildan 2008-yilgacha Liberty Flames jamoasi safida oʻynagan. Shu jumladan 2007-2008-yillarda Flames jamoasi bilan birinchi marotaba Janubiy konferentsiya chempionatida ham oʻynagan. 2006-2007-yillarda Janubiy konferentsiya chempionati prezident tomonidan faxriy yorligʻiga bilan taqdirlanadi[5].

Professional faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lambros 2009-yil 27-may kuni Argonauts jamoasi bilan shartnomani imzoladi. 2009-yilgi Toronto Argonauts jamoasining mavsumi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga qoʻshildi va mavsumoldi oʻyinlarida ishtirok etdi. U sogʻligida momolarga paydo boʻla boshlaydi shunga qaramay mmashgʻulotlarga qatnashaveradi. Iyul oyida Hamilton Tiger-Catsga qarshi oʻzining birinchi oʻyini otkazadi va birinchi zarbasidayoq jamoasiga achko olib keladi[6]. 2010-yili 4-iyunda Argonavtlar tomonidan Lambros jamoa safidan chetlashtiriladi.

Monreal Alouettes jamoasi bilan 2011-yil 17-fevralda shartnoma imzolaydi. Ammo oradan koʻp vaqt oʻtmay 2011-yili 18-iyunda jamoa safini tark eradi va faoliyatini yakunlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CFL.ca - Official Site of the Canadian Football League“. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyul.
  2. Masters, Mark. „Draft Profile: Matt Lambros“. CFL.ca (2009-yil 8-mart). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
  3. „Player Information: Matt Lambros“. Liberty Flames Football. Liberty University. Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
  4. Masters, Mark. „Draft Profile: Matt Lambros“. CFL.ca (2009-yil 8-mart). 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
  5. „Player Information: Matt Lambros“. Liberty Flames Football. Liberty University. Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
  6. „Hot Read: Lambros' first career TD“. CFL.ca (2009-yil 2-iyul). 2009-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]