Matluba Obidova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matluba Obidova
Tavalludi 1924
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent

Matluba Obidova  (1924-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1949-yilgi bitiruvchisi. Qoʻqon pedagogika instituti sobiq rektori (1955—1956-yillar).


Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yildan Leningrad DU aspiranti. 1953 — 1955-yillar OʻzR Maorif vazirligi huzuridagi Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim, boʻlim mudiri; 1955-yilda Qoʻqon Pedagogika instituti rektori; 1957-yildan SAGU tarix fakultetining umumiy tarix kafedrasida katta oʻqituvchi; 1958—1962-yillar Respublika sirtqi taʼlim pedagogika instituti rektori; TDPI sirtqi boʻlimining prorektori; 1962 — 1964-yillar doktorant; 1964 — 1986-yil (nafaqaga chiqquncha) Toshkent davlat politexnika institutida dotsent[1].

Ilmiy yoʻnalishi — XV asr Eron tarixi, taʼlim-tarbiya masalalari. 10 ga yaqin ilmiy va bir qator publitsistik maqolalar muallifi. Bir nechta medallar bilan taqdirlangan.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nomz. diss. mavzusi: „Gosudarstvo Ak-kounli v Irane vo vtoroy polovine XV v. (istoriko-ekonomicheskiy ocherk)“. — Leningrad, 1953.
  1. Ateisticheskoye vospitaniye uchenikov sredney shkoli na urokax istorii // Oʻqituvchilar gazetasi. — Toshkent, 1954.
  1. Svyazi gosudarstva Irana s zarubejnimi stranami v XV v. // Trudi SAGU. — Tashkent, 1958.
  1. Afrika xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashda // Oʻqituvchilar gazetasi. — Toshkent, 1959, 27-dekabr.
  1. AQSHning Yaqin va Oʻrta Sharqdagi nayranglari // Oʻqituvchilar gazetasi. — Toshkent, 1959, 23-yanvar.
  1. Qishloq xoʻjaligini industrlashtirish — hozirgi bosqichda partiya agrar siyosatining ustuvor yoʻnalishi // Tezisi nauchno-teoreticheskoy konferensii TGPI. — Toshkent, 1977.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021.