Materik sayozligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Materik sayozligi, shelf -dengiz va okeanlar qirgʻogʻini oʻrab turadigan suv osti sayoz tekisligi. Eni bir necha kilometrdan 1200–1500 km, baʼzi hollarda 2000 km gacha, maydoni Dunyo okeani tubi umumiy maydonining 8%ni tashkil etadi. 130–140 m chuqurlikdan materik yon bagʻri boshlanadi. Materik sayozligi dengiz choʻkindilari (shagʻal, qum, qumoq, qum aralash balchiq) koʻp toʻplanadigan joy, quyosh nurining koʻproq tushishi va iliq boʻlganidan organizmlar, jumladan, baliq koʻp. Materik sayozligida koʻplab neft, gaz konlari (Shim. dengiz, Meksika va Fors qoʻltiqlari) joylashgan hamda dunyoning muhim baliq ovlash r-nlaridir (Shim. dengiz, Barens dengizi va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil