Masharip Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aminov Mulla Masharip1888-yili tug‘ilgan, Romitan rayoni Hakimullamir qishlog‘idan, ruhoniy, savdogar, davlat majburiyatini bajarmagani uchun sudlangan, hibsga olingan vaqtda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘iboti olib borganlikda, SSSRdagi ocharchilik haqida mish-mishlar tarqatganlikda, kolxozchilarni paxta o‘rniga donli ekinlar ekishini tashviqot qilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 481 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.