Masʼud al-Kushoniy
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
- Vikipediyada ismi Masʼud boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Masʼud al-Kushoniy | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | milodiy yil (hijriy yil) |
| Vafoti | milodiy 1145-yil (hijriy 540-yil) |
| Dini | Islom |
| Tanilgan sohasi | imom, muddaris |
Masʼud ibn al-Hasan ibn al-Husayn al-Kushoniy (Abulmaoliy) — fozil imom, xulqi-atvori chiroyli va ishlari goʻzal inson boʻlgan. U Samarqandda bir qancha muddat xatiblik lavozimida faoliyat koʻrsatgan, hadislar aytib, imlo (aytish) bilan shugʻullangan. Shuningdek, Qusam madrasasida mudarrislik ham qilgan. Buxoroda oʻgʻli undan hadislar rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Masʼud al-Kushoniy milodiy 1145-yil (hijriy 540-yil) vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 104-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
| Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Islom shaxsiyati haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |