Marvin Ducksch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marvin Ducksch
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-mart 1994-yil (1994-03-07) (30 yosh)
Tavallud joyi Dortmund, Germaniya
Boʻyi 1.88 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998-2002 BSV Fortuna Dortmund 58
2002-2013 Borussia Dortmund
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2016 Borussia Dortmund II 84 (36)
2013-2015 Borussia Dortmund 6 (0)
2014-2015SC Paderborn (ijara) 9 (1)
2016-2018 FC St. Pauli 10 (1)
2017-2018Holstein Kiel (ijara) 49 (23)
2018-2019 Fortuna Düsseldorf 16 (1)
2019-2021 Hannover 96 66 (32)
2021- Werder Bremen 29 (20)
Milliy terma jamoa
2009 Germaniya U15 2 (1)
2009-2010 Germaniya U16 5 (4)
2010-2011 Germaniya U17 15 (4)
2012 Germaniya U18 1 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-iyun uchun)

Marvin Duksch (1994-yil 7-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bremenning „Verder“ klubi hujumchisi[2].

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlikdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ducksch toʻrt yoshida futbol oʻynashni boshlagan va 1998-yilda BSV Fortuna Dortmund 58 akademiyasiga oʻqishga kirgan. U yerda dastlab oʻsha paytda klub murabbiyi boʻlgan otasi Klaus Ducksch tomonidan tarbiyalangan. 2002-2003-yilgi mavsumda Ducksch sakkiz yoshida Dortmundning „Borussia“ akademiyasiga qabul qilingan[3].

Borussia Dortmund[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ducksch Borussia akademiyasining isteʼdodli futbolchilaridan biri edi. 2011-2012-yilgi mavsumning birinchi yarmida Borussia akademiyasining U-19 jamoasi tarkibida jami 26 oʻyin oʻtkazib, 16 ta gol urgan[4].

2011-2012-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Ducksch Dortmundning ikkinchi darajali jamoasiga koʻtarildi va 2012-yil 28-yanvarda Bayer Leverkusenga qarshi uchrashuvda ilk bor maydonga tushdi[5]. Mintaqaviy ligada „Borussiya Dortmund II“ bilan bir nechta oʻyin oʻtkazgandan soʻng, Ducksch ketma-ket beshta „Fortuna Kyoln“, „SV Elversberg“, Kyoln II, Ayntraxt Frankfurt II va „Maynts 05 II“ga qarshi oʻyinlarda maydonga tushib jami 7 ta gol uradi[6]. „Borussia Dortmund II“ ushbu uchrashuvlardan soʻng 3-oʻringa koʻtarilib oldi.

2012-2013-yilgi mavsumda Ducksch professional futboldagi debyutini 2012-yilning 3-avgustida „Alemannia Aachen“ga qarshi oʻyinda o‘tkazdi[7][8]. 2013-yil 18-may kuni Ducksch „Borussiya Dortmund II“ning VfB Stutgartning ikkinchi jamoasiga qarshi safardagi oʻyinida gol uradi[8].

2013-2014-yilgi mavsumda Ducksch Borussia Dortmundning asosiy jamoasiga kiritiladi va 2013-yil 3-avgustda 2013-2014 DFB-Pokal birinchi davrasidagi SV Wilhelmshaven qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritadi[9].

2014-yil iyun oyida u 2014-2015-yilgi mavsum uchun SC Paderbornga ijaraga beriladi[10].

St. Pauli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 15-iyunda Ducksch Bundesliga jamoasi „Sankt Pauli“ga 3 yillik shartnoma asosida oʻtadi[11].

Holstein Kiel ijarasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning yanvarida Ducksch mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijara asosida Holstein Kiel jamoasiga oʻtadi. 17 ta oʻyinda beshta gol uradi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshiradi. Iyun oyida uning ijarasi uzaytirilib, 2017-2018-yilgi mavsumda ham shu jamoada qoladigan boʻladi[12]. U 2017-2018-yilgi mavsumni 33 ta o‘yinda 18 ta gol va 12 ta golli uzatma bilan yakunlaydi[13][14].

Fortuna Düsseldorf[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun oyida Ducksch Bundesligaga yangi koʻtarilgan Fortuna Düsseldorf jamoasiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshiladi[15].

Hannover 96[tahrir | manbasini tahrirlash]

Düsseldorf jamoasi tarkibida bor-yoʻgʻi bir yil oʻynagach, bu jamoani tark etib, 2019-yil 28-iyunda Hannover 96ga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilganligi tasdiqlandi[16].

Verder Bremen[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 25-avgustida Ducksch Bremenning „Verder“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qoʻshiladi[17]. Toʻrt kundan soʻng u debyut oʻyinida dubl qayd etadi[18].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ducksch 2009 va 2010-yillarda Germaniya U-15 va Germaniya U-16 futbol terma jamoalarida o‘ynagan. U 2010-yilning 4-sentyabrida Stadhagenda Ozarbayjon U-17 futbol terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniya U-17 terma jamoasi safida debyut qilgan[19]. 2011-yilda Ducksch Germaniya U-17 terma jamoasi safida 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadi. Ushbu chempionatda Germaniya uchinchi oʻrinni egallaydi. Ducksch 2011-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatining guruh bosqichida Ekvador U-17 milliy futbol jamoasiga qarshi o‘yinda[20] gol urgan va 2011-yilgi FIFA U-17 musobaqasining ikkinchi bosqichida ham yana bir bor gol urishga muyassar boʻlgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Boshqa UEFA Jami
Divizion Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals Apps Goals
Borussia Dortmund II 2011-12 Regionalliga West 18 7 18 7
2012-13 3. Liga 12 2 12 2
2013-14 26 12 26 12
2015-16 Regionalliga West 28 15 28 15
Jami 84 36 0 0 0 0 0 0 84 36
Borussia Dortmund 2013-14 Bundesliga 6 0 2 1 0 0 0 0 8 1
SC Paderborn 2014-15 Bundesliga 9 1 0 0 9 1
FC St. Pauli 2016-17 2. Bundesliga 10 1 2 1 12 2
Holstein Kiel 2016-17 3. Liga 16 5 16 5
2017-18 2. Bundesliga 33 18 2 1 2 0 37 19
Jami 49 23 2 1 2 0 0 0 53 24
Fortuna Düsseldorf 2018-19 Bundesliga 16 1 3 3 19 4
Hannover 96 2019-20 2. Bundesliga 28 15 1 0 29 15
2020-21 2. Bundesliga 34 16 2 0 36 16
2021-22 2. Bundesliga 4 1 1 2 5 3
Jami 66 32 4 2 0 0 0 0 70 34
Werder Bremen 2021-22 2. Bundesliga 29 20 0 0 29 20
Faoliyatida jami 269 114 13 8 2 0 0 0 284 122

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha UEFA Yevropa chempionati ikkinchi oʻrini sovrindori: 2011-yil
  • FIFA U-17 Jahon chempionati uchinchi oʻrin sovrindori: 2011

Individual

  • Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari: 2017-2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Marvin Ducksch“. SV Werder Bremen. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  2. „Statistik-Center: Marvin Ducksch“ (de). dfb.de (2014-yil 14-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
  3. Nachtigäller. „Marvin Duksch: Der Traum vom Profi-Fußball lebt“ (de). ruhrnachrichten.de (2011-yil 5-aprel). 2011-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  4. „Borussia Dortmund 4-1 Fortuna Düsseldorf“ (de). weltfussball.de (2011-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  5. „Bayer 04 Leverkusen II 1-2 Borussia Dortmund II“ (de). weltfussball.de (2012-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  6. „Ducksch hält Dortmund im Aufstiegsrennen“ (de). kicker.de (2012-yil 13-aprel). Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  7. „Vier Monate Pause für BVB-Talent Ducksch“ (de). kicker.de (2012-yil 27-avgust). Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  8. 8,0 8,1 „Marvin Ducksch schnuppert bei den BVB-Profis rein“ (de). ruhrnachrichten.de (2012-yil 8-iyul). Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.
  9. „Statistik-Center: Marvin Ducksch“ (de). dfb.de (2014-yil 14-avgust). Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
  10. „Ducksch stürmt vom BVB an die Pader“ (de). SC Paderborn (2014-yil 3-iyun). Qaraldi: 2014-yil 3-iyun.
  11. „BVB-Stürmer Ducksch Witzig! Falscher Lienen präsentiert neuen St. Pauli-Spieler“ (de). SC Paderborn (2016-yil 15-iyun). Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  12. „Kiel leiht Ducksch ein weiteres Jahr aus“ (de). kicker Online (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2017-yil 30-iyul.
  13. „Nach Funkels Tipps: Ducksch wird Fortune“ (de). kicker Online (2018-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  14. „"Klar besser": Kiel zwischen Frust und Stolz“ (de). kicker Online (2018-yil 22-may). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  15. „Nach Funkels Tipps: Ducksch wird Fortune“ (de). kicker Online (2018-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 25-iyun.
  16. Ducksch unterschreibt bis 2022, bild.de, 28 June 2019
  17. „Zurück zu Anfang: Torjäger Ducksch wechselt nach Bremen“ (de). kicker.de. kicker (2021-yil 25-avgust). Qaraldi: 2021-yil 25-avgust.
  18. Bode, Hanno. „Traumeinstand für Ducksch bei Werder-Sieg gegen Hansa Rostock“ (de). NDR (2021-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
  19. „U 17-Junioren: Marvin Ducksch“ (de). DFB (2014-yil 2-aprel). 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  20. „Germany 6:1 (1:0) Ecuador“. FIFA.com (2011-yil 20-iyun). 2011-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-oktyabr.