Marmar churrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Marmar churrak (lotincha: Marmaronetta angustirostris) — oʻrdaksimonlar (Anatidae) oilasiga mansub qush.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amudaryo xavzasining Termizdan Urganchgacha boʻlgan qismi (Dengizkoʻl, Yettikoʻl, Chochqaxona, Xadicha Termiz xududining Amudaryo qayirlari, Dengizkoʻl-nomuntazam qishlash). Zarafshon daryosi vohasi (Toʻdakoʻl va Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“ pitomnigi hududida — oʻtmishdagi uyalash joylari). Oʻzbekistondan tashqarida: Qozogiston,Turkmaniston, Ozarbayjon (uyalash), Ispaniya Shimoliy Afrika, Gʻarbiy Osiyo (uyalash, qishlash); Hindiston va Pokiston (qishlash).

Yashash joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suv va qirgʻoq boʻyi oʻsimliklari yaxshi rivojlangan, sayoz, chuchuk va nimshoʻr suvli xavzalar.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida koʻp uchrar edi. Xozirda koʻpchilik yashash joylarida yoʻq boʻlib ketgan. 0,5-1,5 ming donasi gala-gala (15 tagacha) boʻlib uchib oʻtadi. Kuzda yirik suv xavzalarida 200-400 tagachasi toʻplanadi. Dengiz koʻlda koʻpi bilan 2 juft ,Yettikoʻl va Choʻchqa xonada1-2 tadan, Xadichada 2-3juft uyalaydi. Nomuntazam qishlaydi. Dengiz koʻlda 2003-yil 120ta qush, 2006-yil 14ta 2009-yil 6ta qishlab qolgan. Dunyodagi populyatsasi boʻyicha trendi aniqlanmagan.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi uchib oʻtishi fevral martda, kuzgisi-oktabrda. May oyida 9-15ta tuxum qoʻyadi va 25-27 kun bosadi. Suv oʻtlari va umirtqasizlar bilan oziqlanadi.

Koʻpaytirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropa parvarish xonalari va hayvonot bogʻida koʻpaytiriladi.