Kontent qismiga oʻtish

Mariya Amaliya Saksonskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Saksoniyalik Mariya Amaliya (olmoncha: Maria Amalia von Sachsen Toʻliq ismi Mariya Amaliya Kristina Frensis Xaver Flora.Vettinlar sulolasidan chiqqan nemis malika.Karl III ning rafiqasi Ispaniya, Neapol va Sitsiliya qirolichasi.

Saksoniya elektorining qizi va Polsha qiroli Avgust III va uning rafiqasi avstriyalik Mariya Jozefa.1738-yilda 14 yoshida u oʻsha paytdagi Neapol va Sitsiliya qiroli Charlzga turmushga chiqdi. Bu qulay nikoh boʻlishiga qaramay, er-xotin bir-birlarini sevishgan va koʻp farzandli boʻlishgan. Mariya-Amaliya oʻqimishli ayol edi, aynan u Neapolda chinni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, u Caserta va Porticidagi qirollik saroylari qurilishini ham boshqargan.

1759-yilda erining katta akasi Ferdinand VI merosxoʻrlarsiz vafot etdi va Charlz va Mariya Amaliya Ispaniya qiroli va qirolichasi boʻldi. Oʻsha yili ular Neapoldan Madridga koʻchib oʻtishdi. Bir yil oʻtgach, malika sil kasalligidan vafot etdi. Karl bu yoʻqotishdan qattiq qaygʻurdi va boshqa turmushga chiqmadi.

Ularning nikohidan oʻn uchta bola tugʻildi,ulardan faqat yetti nafari tirik qoldi.

  1. Mariya Izabella Antoniya (1740-1742)
  2. Mariya Jozef Antoniya (1742)
  3. Mariya Izabella Anna (1743-1749)
  4. Mariya Jozef Karmela (1744-1801)
  5. Mariya Luiza (1745-1792), Muqaddas Rim imperatori Leopold II bilan turmush qurgan
  6. Filipp (1747-1777), Kalabriya gertsogi, aqliy zaifligi tufayli merosxoʻrlikdan chetlatilgan
  7. Karl IV (1748-1819), Ispaniya qiroli. Xotini - Parmalik Mari-Luiza, uning amakivachchasi
  8. Mariya Tereza (1749)
  9. Ferdinand I (1751-1825), Ikki Sitsiliya qiroli. Xotini: Avstriyalik Mariya Karolina
  10. Gabriel (1752-1788), portugaliyalik Infanta Marianna Viktoriyaga uylangan
  11. Anna Mariya (1754-1755)
  12. Antonio Paskual (1755-1817), jiyani Mariya Amaliyaga uylangan, ukasi Charlz IV ning qizi
  13. Fransisko Xavyer (1757-1771)