Ferdinand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ferdinand (Ferdinand) — "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlari ismi.

Ferdinand I (1503—64) — imperator (1556-yildan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning gabsburglar sulolasidan chiqqan 1qiroli (1526-yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578—1637) — imperator (1619-yildan). Gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformatsiya siyosatini yurgizgan. 1618 — 48 yillardagi Oʻttiz yillik urushnchng boshlangʻich davrida gabsburglarkatoliklar guruhiga rahbarlik qilgan.

Ferdinand III (1608—57) — imperator (1637-yildan), gabsburglar sulolasidan boʻlgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida Oʻttiz yillik urush (161848) tugagan.