Mariusz Lewandowski

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mariusz Lewandowski
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mariusz Lewandowski[1]
Tavallud sanasi 18-may 1979-yil (1979-05-18) (44 yosh)
Tavallud joyi Legnica, Polsha
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Markaziy himoyachi, yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Radomiak Radom (menejer)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Zagłębie Lubin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—1999 Zagłębie Lubin 37 (0)
2000—2001 Dyskobolia Grodzisk 40 (2)
2001—2010 Shakhtar Donetsk 174 (21)
2010—2013 Sevastopol 76 (14)
Milliy terma jamoa
2002—2013 Polsha 66 (5)
Boshqargan klublari
2017—2018 Zagłębie Lubin
2020—2021 Bruk-Bet Termalica
2022— Radomiak Radom
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mariusz Lewandowski (polyakcha talaffuzi: [ˈmarjuʂ lɛvanˈdɔfski], Mariush Levandovski; 1979-yil 18-mayda tugʻilgan) — polshalik futbol menejeri va sobiq futbolchi. Hozirda u Polshaning Ekstraklasa jamoasi Radomiak Radomni boshqaradi[2].

Lewandowski asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynar edi va u yarim himoyachi boʻlib ham oʻynashi mumkin. Lewandowski klubdagi faoliyatining koʻp qismini Ukrainaning Shakhtar Donetsk jamoasida oʻtkazdi va u bilan UEFA kubogi, besh marta Ukraina Premyer ligasi gʻalabasini qoʻlga kiritdi hamda 3 marta Ukraina kubogi sohibi boʻldi. 2009-yilda u Polshada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Legnica shahrida tugʻilgan Lewandowski faoliyatini 1996-yilda Polshaning Zaglebie Lubin klubida boshlagan.

Dyskoboliya Grodzisk klubi oʻyinlarida qisqa vaqt ishtirok etgach, uni 2001-yilda Ukraina Premyer ligasining Shakhtar Donetsk klubi sotib oldi. Toʻqqiz mavsum davomida Lewandowski Donetskdagi faoliyati davomida 5 marta Ukraina chempionati chempionligini va 3 marta Ukraina kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning ajralmas qismi boʻldi. 2009-yil 20-mayda u UEFA kubogi finalida Werder Bremenga qarshi oʻynadi va Shakhtar Donetsk kubokni qoʻlga kiritdi[3].

2010-yil iyul oyida Lewandowski Ukraina Premyer ligasi jamoasi PFC Sevastopol bilan shartnoma imzoladi[4]. 2013-yilning 27-noyabrida u Qrim klubini tark etdi.

2014-yil 24-sentyabrda 10 oy davomida erkin agent sifatida qolganidan soʻng, Lewandowski faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewandowski Polshaning 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati oʻyinlarida ishtirok etish uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibida boʻlgan[5]. U Euro 2008da ham Polsha terma jamoasi aʼzosi edi[6].

Franciszhek Smuda 2009-yilda terma jamoani qabul qilib olganidan soʻng, Lewandowski Polshada oʻynashni toʻxtatdi.

Biroq, u Waldemar Fornalik tomonidan 2013-yil oktyabr oyida Ukraina[7] va Angliyaga qarshi oʻyinlar uchun Jahon chempionati saralash bosqichi uchun chaqirilgan edi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Super kubok Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Zagłębie 1996—1997 2 0 - - - - - - 2 0
1997—1998 11 0 - - - - - - 11 0
1998—1999 21 0 1 0 - - - - 22 0
1999—2000 3 0 1 0 - - - - 4 0
Jami 37 0 2 0 - - - - 39 0
Dyskobolia 1999—2000 14 0 - - - - - - 14 0
2000—2001 26 2 2 0 - - - - 28 2
2001—2002 - - - - 2 0 - - 2 0
Jami 40 2 2 0 2 0 - - 44 2
Shakhtar 2001—2002 11 1 5 1 2 0 - - 18 2
2002—2003 24 4 6 1 4 1 - - 34 6
2003—2004 27 5 6 1 6 1 - - 39 7
2004—2005 25 2 8 2 12 0 - - 45 4
2005—2006 21 1 2 0 8 0 1 0 32 1
2006—2007 18 4 4 0 7 0 - - 29 4
2007—2008 18 1 2 1 9 0 - - 29 2
2008—2009 16 1 4 1 10 0 - - 30 2
2009—2010 14 2 1 0 4 0 - - 19 2
Jami 174 21 38 7 62 2 1 0 275 30
Sevastopol 2010—2011 25 6 - - - - - - 25 6
2011—2012 7 2 - - - - - - 7 2
2012—2013 28 4 5 0 - - - - 33 4
2013—2014 16 2 0 0 - - - - 16 2
Jami 76 14 5 0 - - - - 81 14
Faoliyati jami 327 37 47 7 64 2 1 0 439 46

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2005-yil 16-noyabr Ostrowiec Świętokrzyski, Polsha  Estoniya 3-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2007-yil 8-sentyabr Lissabon, Portugaliya  Portugaliya 2-2 Durang UEFA Euro 2008 saralashi
3. 2008-yil 6-fevral Pafos, Kipr  Chexiya 2-0 Gʻalaba Oʻrtoqlik uchrashuvi
4. 2008-yil 19-noyabr Dublin, Irlandiya Respublikasi  Irlandiya 3-2 Gʻalaba Oʻrtoqlik uchrashuvi
5. 2009-yil 1-aprel Kelse, Polsha  San Marino 10-0 Gʻalaba 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi (UEFA)

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shakhtar Donetsk[9]

  • UEFA kubogi: 2008—2009
  • Ukraina Premyer ligasi: 2001—2002, 2004—2005, 2005—2006, 2007—2008, 2009—2010
  • Ukraina kubogi: 2001—2002, 2003—2004, 2007—2008
  • Ukraina Super kubogi: 2005, 2008, 2010

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Poland“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Mariusz Lewandowski nowym trenerem Radomiaka!“ (pl). Radomiak Radom (2022-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
  3. „Shakhtar Donetsk 2 Werder Bremen 1: Match report“. The Guardian (2009-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  4. „Lewandowski zmienia klub“ (pl). Onet Sport (2010-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  5. „Poland“. FIFA. 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  6. „Poland squad for Euro 2008“. The Guardian (2008-yil 28-may). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  7. „Ukraine - Poland“. FIFA (2013-yil 11-oktyabr). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  8. „Steven Gerrard goal against Poland ensures England will go to World Cup“. The Guardian (2013-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
  9. „M. Lewandowski“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
  10. „Player of the year » Poland“. World Football. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.