Marissa Ann Mayer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marissa Ann Mayer
Ann
Tavalludi 30-may 1975-yil (1975-05-30) (48 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi investor,Yahoo! ,Kompaniyasi sobiq presidenti Google· ishlagan birinchi injiner ayol
Turmush oʻrtogʻi Zachary Bogue
Bolalari 3ta farzandi bor
Otasi Michael Mayer

[1][2]

'

Marissa Ann Mayer[tahrir | manbasini tahrirlash]

'Marissa Ann Mayer' (/ḥmaɪ.ər/;]] 1975-yil 30-mayda tugʻilgan) – amerikalik ishbilarmon ayol va investor boʻlib, Yahoo! kompaniyasining prezidenti va bosh ijrochi direktori lavozimlarida 2012 yildan 2017 yilgacha ishlagan. U uzoq vaqt ijrochi director, Google kompaniyasi uchun orator va qoʻllanishda qulaylik yaratuvchi leaderi boʻldi. Mayer keyinchalik Sunshine start-up texnologiya komaniyasining asoschilaridan biri boʻldi.

2017-yil yanvar oyida Yahoo! Mayerni bu komaniyadagi karyeriyasini toʻxtatishni, va komaniyaning direktorlar kengashi amaldagi biznesni Verizon Communications kompaniyasiga $4,8 milliard dollarga sotganidan soʻng kompaniya uni isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. U yangidan tashkil topgan birlashgan kompaniyaga qayta qoʻshilmadi, va hozirda kompaniya Yahoo Inc deb nomlanadi, va u oʻzining istefosini 13 may 2017 kuni deb eʼlon qildi. Ayni paytda sof daromadi $1 Milliard [[[3] Aqsh dollarni tashkil qiladi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mayer Wisconsin shtatining Wausau shahrida asli oto –bobosi fin boʻlgan sanʼat ustozi Margaret Mayer va suv kompaniyalarda ishlagan atrof-muhit muhandisi Michael Mayer oilasida tavallud topgan. U 7 yoshida poliomiyelitga chalingan bobosi Clem Mayer Wisconsin shtatining Jackson qishloglini 32 yil davomida boshqargan. Uning kichik bir ukasi bor. Mayer oʻzini oʻsmirlik davrida juda ham uyatchan qiz deb tariflaydi. Uni deyarli har kuni maktabdan soʻng turli xil mashulotlarga qatnashgan jumladan:ballet, changʻi uchish, pianina chalish, suzish, har xil debatlar va Amerika qizlarining yigʻilish majlisi boʻlgan Brownies ga ham qatnashgan. Yoshlik yillaridan u aniq fan matematika va ilm-fanga kata qiziqish koʻrsatgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mayer Wausau West High School Oʻrta maktabga oʻqishga qatnay boshlaganidan beri, u kerling sport turi va raqs jamoasi aʼzosiga aylanadi. U kimyo, matematika, biologiya va fizika fanlarida aʼlo darajada oʻqir edi. U turli xil qoʻshimcha mashgʻulotlarda jumladan oʻrta maktabning ispan klubi prezidenti, Key Club gʻaznachisi, bahs-munozaralar jamoasi sardori va pom-pom jamoasi sardori boʻlib, darsdan tashqari qatnashgan. Uning oʻrta maktabdagi debat jamoasi Viskonsin shtat i chempionatida gʻolib chiqdi va uning pom-pom jamoasi ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻrta maktabda u oziq-ovqat sotuvchisi boʻlib ishlagan. 1993 yilda oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Mayer oʻsha paytda Viskonsin gubernatori boʻlgan Tommi Tompson tomonidan Gʻarbiy Virjiniyadagi Milliy yoshlar ilmiy lagerida qatnashish uchun ikki shtat delegatlaridan biri sifatida tanlangan.

Stanford[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalar neyroxirurgiga aylanish niyatida Mayer Stanford universitetida boshlangʻich meditsina kurslarda qatnashdi. Keyinchalik u oʻz ixtisosligini bolalar nevrologiyasidan falsafa, kognitiv psixologiya, tilshunoslik va kompyuter fanlarini birlashtirgan simbollar tizimlarga oʻtkazdi. Stanford da u universitetning "Nutcracker" baletida raqsga tushdi, parlament munozaralari aʼzosi boʻldi, bolalar shifoxonalarida koʻngilli boʻldi va Bermud maktablariga informatika fanini joriy etishga yordam berdi.

Birinchi kursda u supervayzeri boʻlgan Erik S. Roberts bilan ramziy tizimlar boʻyicha birga dars bergan. Dars talabalar tomonidan shu qadar yaxshi kutib olindiki, Roberts Mayerdan yoz davomida boshqa sinfga dars berishni soʻradi. Mayer 1997-yilda Stanford ni ramziy tizimlar boʻyicha Ilm-fan bakalavri darajasini, va 1999-yilda kompyuter fanlari boʻyicha magistr darajasini tamomlagan. Ikkala daraja uchun ham uning ixtisosligi sunʼiy intellekt edi. Oʻz dissertatsiyasi uchun u foydalanuvchilarga inson tilining tabiiy tovushi boʻyicha maslahat beradigan sayohatni tavsiya qilish dasturini yaratdi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarni koʻrib chiqish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Adams, Claire „The Rise of Marissa Mayer, Founder of Sunshine Contacts“ (Inglizcha). medium.com. Founder Stories (7 iyun 2023). Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  2. Merriweather, Mae „Marissa Mayer: One of the Most Powerful Women in Business“ (Inglizcha) (22 Iyun 2015). richtopia.com. 2023-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.
  3. Savchuk, Katia „What Does The Verizon Deal Mean For Yahoo CEO Marissa Mayer's Net Worth?“ (Inglizcha) (25 iyun2016). Qaraldi: 18-sentabr 2023-yil.