Kontent qismiga oʻtish

Maria de Dominici

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maria de Dominici
Tavalludi 6-dekabr 1645-yil[1]
Vafoti 18-mart 1703-yil(1703-03-18)
(57 yoshda)
Rim, Papa davlatlari
Millati
  • Maltalik
  • Italyan
Sohasi
  • Haykaltaroshlik
  • Rassomlik

Rohiba Maria de Dominici (1645-yil 6-dekabr – 1703-yil 18-mart) maltalik rassom, haykaltarosh va karmelit uchinchi darajali rohibasi. U Birgu (Vittoriosa) shahridagi rassomlar oilasida tugʻilgan[2]. Maria de Dominici zargar va Malta ordenini yasovchi usta hunarmandning qizi boʻlgan[3]. Uning ikki ukasi Raimondo de Dominici va Franchesko de Dominici ham rassomlik bilan shugʻullangan[3]. Raimondoning oʻgʻli Bernardo xolasi Maria hayotini oʻz ichiga olgan zamonaviy sanʼat tarixi kitobini yozgan[4].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsmirlik davrida Maria de Dominici oʻsha paytda Vallettadagi Avliyo Ioann soborining ichki qismini boʻyash va haykaltaroshlik ishlari bilan shugʻullangan, rassom va haykaltarosh Mattia Preti qoʻlida tahsil olgan. U ustozining koʻplab suratlarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan, deb ishoniladi[5]. Ayniqsa, Mattia Pretining eng mashhur asari, choʻmdiruvchi Avliyo Yahyoning (1661–1666) hayoti va shahidligi tasvirlangan bir qator rasmlarini ishlashda Maria de Dominici yordam bergan[2].

Maria de Dominici kuchli fikrli va koʻp qirrali odam boʻlgan[4]. Giovannantonio Ciantarning Malta Illustrata (1772) asarida u yoshligidanoq oʻz hayoti bilan nima qilishni xohlayotganini bilgan odam sifatida tasvirlanadi

„[Maria] oʻz kuchini ayollik vazifalarini oʻtash uchungina qoʻllashdan bosh tortgan va shuning uchun, ota-onasi tomonidan tez-tez dakki eshitgan … U oʻzining injiqligi va tabiiy isteʼdodiga koʻra, raqamlar va boshqa tasvirlarni chizish bilangina shugʻullangan. Nihoyat, ota-onasi uning rasm chizishga qanchalik moyil ekanligini anglashgach, unga rassomchilikni oʻrgatish uchun sanʼat ustasini ustoz sifatida yollashga qaror qilishgan“[2].

Karmelitning uchinchi darajali rohibasi boʻlganligi sababli, u monastir hududidan tashqarida va oilaviy rishtalarga bogʻlanmagan holda yashashi mumkin boʻlgan.

Maria de Dominici ustozi Mattia Preti qoʻl ostida koʻp narsalarni oʻqib oʻrgagan. Giovannantonio Ciantarning taʼkidlashicha, „uning [Preti] rahbarligi ostida u [Maria] yaxshi ishlagan va Avliyo Ioann cherkovining shiftini boʻyab yurgan kezlarida, ustozi unga baʼzi ayol figuralarini chizishga ruxsat bergan, bu bilan u ustadan koʻra koʻproq muvaffaqiyatga erishganligini bilish mumkin“[2].

Bu voqeani Giuseppe Maria de Pironing Squarci di Storia (1839) dagi hikoyasi ham tasdiqlaydi: „[Maria] boshqa shogirdlarining ham oʻrnini bosgan, shu qadar mashhur usta uni Avliyo Ioann cherkovning buyuk qabrini boʻyash va ayol figuralarini chizish ishida, u bilan hamkorlikda ishlashi uchun tanladi“[2].

1682-yilda Maria de Dominici Maltani Buyuk Ustaning jiyani va uning rafiqasi Izabella d’Avalos d’Aquino d’Aragona va ustozi Mattia Preti bilan birga tark etadi, buning asosiy sababi ular rassomni chet elda yanada rivojlanishiga undashgan boʻlishi mumkin. Oxir-oqibat u Rimda oʻz studiyasiga ega boʻlib, u yerda Buyuk Ustaning kirish xati tufayli haykaltaroshlik va rassomchilik boʻyicha komissiyalar ola boshlaydi[2].

Rimda Maria de Dominici San Giovanni dei Fiorentini yaqinidagi studiyasida sherigi bilan yashagan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maria de Dominici Maltada boʻlganida mahalliy diniy bayramlar va koʻcha yurishlari paytida foydalanilgan bir qator koʻchma kult figuralarini yasagan[3]. Bir necha asarlar uning qalamiga mansub, ammo barchasini ajratib olish oson emas. Maria de Dominicining Maltadagi eng ommabop asarlariga quyidagilar kiradi: Zebbuġ cherkovidagi tashrif; Vallettadagi Karmelit cherkovidagi Beato Franko va Valletta sobori muzeyidagi Annunciation.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maria de Dominicining yon tomondan chizilgan surati Delia Gaze tomonidan tahrirlangan ikki jildlik „Ayol rassomlar lugʻati“ ga kiritilgan.

2010-yilda Merkuriydagi krater uning nomi bilan atalgan[6].

Maria de Dominici aynan Delia Gaze tahrirlagan lugʻatning Merkuriy nomlari qismiga kiritilishi, de Dominici nomining NASA-MESSENGER ikkinchi parvozidan keyin „D“ harfi bilan yozilgan kraterga qoʻllanilishiga sabab boʻlgan. Susanna Hoe oʻzinng Malta:Ayollar, Tarix, Kitoblar va Joylar asarining muqaddimasida quyidagilarni yozgan: „Izoh sifatida aytish mumkinki, eʼtibordan chetda qolgan maltalik rassom ayol nomi bilan atalgan Merkuriydagi krater haqida fikr bildirish juda yoqimli, bu hatto odamni ilhomlantiradi. Ayniqsa Internetda Maria krateriga duch kelganingizda, naqadar hayajonlanib ketasiz!“[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gaze, Delia; Mihajlovic, Maja; Shrimpton, Leanda. Dictionary of Women Artists: Introductory surveys ; Artists, A-I (en). Taylor & Francis, 1997 — 462 bet. ISBN 978-1-884964-21-3. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 Hoe, Susanna. Malta: Women, History, Books and Places. British Library: HOLO Books, 2015 — 3, 116, 117 bet. ISBN 978-0-9572153-5-1. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Dictionary of Women Artists Delia Gaze: . Taylor & Francis, 1997 — 462 bet. 
  4. 4,0 4,1 de Dominici, Bernardo. Vite dei pittori, scultori ed architetti napoletani. Tip. Trani, 1840. 
  5. Fr Mark Cauchi, OSA Valletta. „Mattia Preti, a friend of the poor and needy“. Times of Malta (2013-yil 16-fevral).
  6. „Gazetteer of Planetary Nomenclature“. USGS Astrogeology Science Center.