Margarita Zorbala
Margarita Zorbala Stavrovna | |
---|---|
Tavalludi |
1957-yil |
Kasbi | Qoʻshiqchi |
Fuqaroligi | Gretsiya |
Turmush oʻrtogʻi | Giorgos Kimoulis[1] |
Margarita Stavrovna Zorbala (grekcha: Μαργαρίτα Ζορμπαλά, 1957-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR)[2] – yunon qoʻshiqchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Margarita Zorbala 1957-yilda Toshkentda tavallud topgan. SSSRda voyaga yetgan. Uning ota-onasi siyosiy yunon qochqinlari edi. Zorbala 2 yoshga toʻlganida oilasi Moskvaga koʻchib oʻtgan. Uning otasi Stavros Dmitriyevich Zorbalas sotsiolog boʻlib ishlagan. Onasi Yekaterina (Katina) qoʻshiqchi va aktrisa boʻlgan. Bundan tashqari Moskva universitetida yunon filologiyasidan dars bergan.
Margarita Zorbala 1993-yildan doimiy ravishda Limasol yaqinida joylashgan Kiprdagi kichik qishloqda yashagan[3]. Sobiq eri Yorgos Kimulis, yunon aktyori, rejissyor va tarjimon boʻlgan[4].
Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ota-onasi Margarita va uning ukasi Dimitrisga yunon tili va yunon tarixi tarbiyasining ajralmas qismi boʻlib qolishi uchun hamma narsa qilishdi. Margarita oʻsmirlik chogʻida Mikis Teodorakis va Manos Hadzidakisning qoʻshiqlarini yoddan bilar va kuylar edi. U Moskvadagi yunon klubida qoʻshiqlar kuyladi va musiqa maktabida akkordeon chalishni oʻrganish uchun tahsil olgan.
Margarita Mikis Teodorakisni birinchi marta uchratganida atigi 9 yoshda edi. 17 yoshida Teodorakisning taklifiga binoan „Μπαλάντες“ („Balladalar“) ni ijro etish uchun Gretsiyaga joʻnagan. Albom muvaffaqiyatli chiqqandan soʻng, Moskvaga Lomonosov universiteti ispan filologiyasi fakultetini tugatish uchun qaytib kelgan. Soʻngra oʻqishni tamomlab, oilasi bilan Gretsiyaga qaytgan.
Margarita Gretsiyadagi Milliy teatr maktabini tamomlagan. Keyinchalik Chexovning „Platonov“ va Dostoyevskiyning „Jinoyat va jazo“ spektakli asosida yaratilgan „Yovvoyi asal“ teatrlashtirilgan spektaklida oʻynagan. Shuningdek Mixalis Karagatsisning romani asosida „Sariq konvert“ teleserialida rol ijro etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Zormbala Margarita“. 2012-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
- ↑ „Η Μαργαρίτα Ζορμπαλά εκ βαθέων“. 2011-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 14-fevral.
- ↑ Giorgos Kimoulis