Margarita Oqilova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margarita Baxlulovna Oqilova
Крохотный цветок
Tavalludi 1919
Vafoti 2015
Kasbi raqqosa
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970)

Margarita Baxlulovna Oqilova (1919-2015) — sovet raqqosasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970), Butunjahon folklor raqs festivali va Oʻzbekiston Lenin komsomoli mukofoti laureati.   

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqqosa 1919-yilda san’atga oshufta koʻngillar xonadonida dunyoga kelgan, ular muhitida oʻsib-ulgʻaygan. Margaritaning otasi rus tili oʻqituvchisi boʻlib, qoʻshiq aytib, doira chalardi. Opasi  raqqosa, akasi teatr aktyori edi. Yosh Margarita 11-12 yoshidan boshlab akasi bilan sahnada raqs tushar edi. San’at arboblari unga “Ushoqqina gul” deb taxallus qoʻyishgandi. U “Pomir”, “Duxtari xushruy”, “Mirzodavlat”, “Turkman goʻzali” raqslarini ijro etgan. Margarita akasining truppasi bilan togʻli qishloq hududlarida xizmat safarlarida boʻlgan.

Loxuti teatri sahnasida namoyish paytida oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi Isohor Oqilov bilan tanishadi. Oʻsha mahalda Isohor teatr rahbariyatining koʻrsatmasi bilan iqtidorli yoshlarni izlab kelgandi. Oradan vaqt oʻtib, 1935-yilda Margarita Isohor bilan oila qurib, taniqli san’atkor sifatida Toshkentga koʻchib kelishdi. 

Raqqosa turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda Oʻzbekistonning barcha professional raqs jamoalari, “Bahor” davlat raqs ansambli, “Shodlik” ashula va raqs ansambli, “Goʻzal” ansambli va boshqa bir qancha raqs jamaolarini yaratishda oʻz hissasini qoʻshgan.   

Margarita Oqilova ancha yillar mobaynida “Katta Buxoro raqsi” ansamblida asosiy raqqosa sifatida murakkab harakatlarni ijro etgan. 

Raqqosa umr yoʻldoshini katta maktabida ta’lim olgach, 1939-yilda “Shodiyona”  raqsini sahnalashtiradi va baletmeyster boʻladi. 

U farzandlariga kerak boʻlsa oʻta talabchan boʻlgan, qizi Viloyat onasidan “Rum qarsak”, “Quvnoq qiz”, “Buxorocha”, “Shodiyona” raqslarini mahorat bilan oʻrgangan.[1]

2014-yillarda Margarita oʻgʻli Artur bilan Moskvada yashaydi, oʻzining toʻqson besh yillik yubileyini nishonlaydi. 

Raqqosa 2015-yil fevral oyida toʻqson besh yoshida vafot etdi. 

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Margarita Oqilova mashhur Oqilovlar sulolasi - oʻzbek raqqosalarining yorqin vakili.

  • Turmush oʻrtogʻi (1914-1988) — Isahar Oqilov — taniqli xoreograf, Buxoro-yahudiy musiqali drama teatri asoschilaridan biri, raqs san’ati ustasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1959), Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1970). U mumtoz oʻzbek raqsi zamonaviy xoreografiyasining asosini tuzgan.   
  • Qaynonasi - Davoraxonim - Buxoro amiri saroyida raqqosa boʻlgan.
  • Qizi — Viloyat (1937—2022) — sovet va oʻzbek artisti, raqqosa, xoreograf, baletmeyster, Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1989).
  • Evarasi (Viloyatning nabirasi) – Lena – raqqosa, “Shalom, Toshkent!” ansambli yetakchi yakkaxoni, “Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” madaniyat markazlari festivali gʻolibi, “Isroildagi musiqa va raqs" tanlovi laureati.[2]
  • Qizi - Zulayho - xoreograf, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Moskonsert yakkaxoni, 1998-yilda Isroilda vafot etgan.
  • Qizi — Gavxar (Galya) — xor dirijyorligi boʻyicha mutaxassis, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli a’zosi.
  • Nabirasi - Yuriy (Gali oʻgʻli) - “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli raqs guruhi ishtirokchisi.[3]
  • Nabirasi - Isohor (Gali oʻgʻli) - “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli guruhi ishtirokchisi.
  • Qizi – Lola – raqqosa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli asoschisi va ishtirokchisi (ansambl – “Oltin kubok” sovrindori – Sisiliyadagi xalqaro folklor festivalining oliy mukofotini qoʻlga kiritgan).
  • Kuyovi - Malkiyel Oqilov (uylanguncha — Alishayev) — Oʻzbekiston va Isroilda mashhur doirachi, Isohor Oqilov nomidagi “Aka-uka Oqilovlar” raqs ansambli ishtirokchisi.
  • Oʻgʻli — Artur — bastakor, ayni kunda Moskvada yashaydi.   

Sharh, tahlil va tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isohor va Margarita Oqilovlar mehnatlari bilan Toshkent toʻqimachilik kombinati Madaniyat saroyida 1955-yilda (M.Turgʻunboyeva ishtirokida) “Bahor” ansambli raqs ixlosmandlari tomonidan raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda raqs jamoasi tashkil etildi. 1957-yilda Moskvada oʻtkazilgan Xalqaro yoshlar festivali mukofoti va oltin medali, 1960-yilda Oʻzbekiston Davlat xalq raqs ansambli unvoni, 1977-yilda Vengriyadagi “Oltin poyabzal” xoreografik mukofoti bilan taqdirlangan.

Isohor va Margarita Oqilovlar Oʻrta Osiyoda eng mashhur boʻlgan “Bahor” davlat raqs ansambli va “Shodlik”   ashula va raqs ansambllarini va uning ijodiy ravnaqiga katta hissa qoʻshishgan.  

Margarita Oqilova Oʻzbekiston, Tojikiston va Isroilda iste’dodli raqqosa sifatida tanilgan.

L.Avdeyevaning ta’kidlashicha, Margarita Oqilova Isohor Oqilov tomonidan yaratilgan zamonaviy buxorocha raqs sahna maktabini rivojlantirish sharafiga muyassar boʻlib, ma’no jihatidan u ham ommaviy, ham yakkaxon shaklga ega. [4].

Mukofotlar, unvonlar, sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1951-yil — “Mehnat faxriysi” medali.[5]
  • 1959-yil — Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist.[6]
  • Butunjahon folklor raqslari festivali laureati.
  • 1970-yil — Oʻzbekiston SSR xalq artisti.[7]

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ахмедов М. Маргарита Акилова : [Творч. портр. нар. арт. УзССР , солистки Узб. ансамбля музыки и танца] : [узб.]. — Ташкент : Изд-во лит. и искусства, 1985. — 63 с. — (Мастера узб. сцены). — 3000 экз.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Каримова Р. З. Узбекские танцы в постановке Исахара Акилова / под общей редакцией доктора искусствоведения, профессора М. Х. Кадырова. — Ташкент : Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1987. — 398 с. — 3000 экз.
  • Л. Авдеева. Введение // Бухарский танец / Автор книги Каримова Р. З. — Ташкент : Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1977. — С. 5—17. — 130 с. — 1500 экз.
  • Jalilova S. S. O’zbek raqsini O'qitish uslubiyoti : O’quv qoʻllanma bakalavriat yo’nalish bo’yicha 5111000 – kasb ta’limi (5151300 –xoreografiya) : [узб.] / O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. — Toshkent, 2020. — 101 с.
  • Saitova E. Y., Abraykulova N. E. Xoreografiya va raqs sanati asoslari : [узб.]. — Toshkent : «Fan va texnologiya», 2015. — 128 с. — 300 экз.

Havolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Танец – это моя жизнь Kultura.uz
  2. Танцует Лена Акилова Bukharianjewishcongress.org
  3. "Семья Акиловых" вновь покоряет Мексику Bukharianjewishcongress.org
  4. Авдеева 1977.
  5. Указ Президиума Верховного Совета СССР О награждении орденами и медалями работников литературы и искусства Узбекской ССР
  6. Национальные меньшинства в Узбекистане: прошлое и настоящее, Том 2
  7. День за днём