Marek Matějovský

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marek Matějovský
Matějovský 2009-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marek Matějovský
Tavallud sanasi 20-dekabr 1981-yil (1981-12-20) (42 yosh)
Tavallud joyi Brandýs nad Labem, Chexoslovakiya
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FK Mladá Boleslav
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1990 Slavoj Stará Boleslav
1990—1994 Alfa Brandýs nad Labem
1994—1999 Mladá Boleslav
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2001 Mladá Boleslav 16 (1)
2001—2003 Jablonec 6 (0)
2003—2008 Mladá Boleslav 98 (7)
2008—2010 Reading 51 (2)
2010—2017 Sparta Prague 150 (2)
2016—2017Mladá Boleslav (ijara) 13 (1)
2017— Mladá Boleslav 92 (6)
Milliy terma jamoa
2007—2011 Chexiya 15 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 3-yanvar uchun)

Marek Matějovski (talaffuzi: Marek Mateyovskiy; 1981-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik futbolchi, Mladá Boleslav jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matějovský futbolchilik faoliyatini besh yoshida Slavoj Stará Boleslav bilan boshlagan va 13 yoshida Alfa Brandýs nad Labemga oʻtgan. 18 yoshga toʻlgach, 1999—2000-yilgi mavsumda Mladá Boleslav bilan professional shartnoma imzoladi. 2001-yilning bahorida Gambrinus liga jamoasi Jablonecga oʻtdi, ammo 2003-yil yanvarida Mlada Boleslavga qaytdi. 2005—2006-yilgi mavsum boshida „Mladá Boleslav“ sardori boʻldi

Reading[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matějovskýning Chexiyadagi oʻyinlariga Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi yirik klublari qiziqish bildirdi va Liverpool, Hamburg va FCSB klublaridan biriga oʻtishi yaqin edi[1]. Biroq, 2008-yil 7-yanvarda Reading Matějovský bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uch yarim yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[2][3][4].

Sparta Prague[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matějovský 2010-yilda Chexiyaga qaytib, Praganing Sparta jamoasiga qoʻshildi va 2011—2012-yilgi Gambrinus ligasi oldidan klub sardori sifatida eʼlon qilindi[5].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matějovský 2009-yil fevral oyida marokashlik Nabil Dirarga qarshi, oʻrtoqlik oʻyinida

Matějovský 15 marta Chexiya terma jamoasi safida maydonga tushgan. Karel Brückner uni ilk bor 2006-yil 2-sentyabrda Chexiya terma jamoasining Yevro-2008 saralashida Uelsga qarshi o‘yiniga chaqirdi[6]. 2007-yilning 7-fevralda, Belgiya bilan oʻrtoqlik oʻyinining 70-daqiqasida Tomáš Galásek oʻrniga maydonga tushdi va 2:0 hisobida yakunlangan oʻyinda Matějovský ikkinchi golga assistentlik qildi[7].

Chexiya terma jamoasining Germaniyaga qarshi oʻyinda (3:0) terma jamoadagi yagona golini kiritgan[8].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matějovský 2007-yilning yozida turmush qurdi[9]. Futboldan tashqari muzli xokkey bilan ham shugʻullanadi[9].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

28-iyul, 2015-yil[10]
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Mladá Boleslav 1999—2000 2. Liga 2 0 - - - 2 0
2000—2001 14 1 - - - 14 1
Jami 16 1 - - - - - - 16 1
Baumit Jablonec 2000—2001 Chexiya birinchi ligasi 1 0 - - - 1 0
2001—2002 4 0 - - - 4 0
2002—2003 1 0 - - - 1 0
Jami 6 0 - - - - - - 6 0
Mladá Boleslav (ijara) 2001—2002 2. Liga 3 0 - - - 3 0
Mladá Boleslav 2003—2004 2. Liga 0 0 - - - 0 0
2004—2005 Chexiya birinchi ligasi 28 1 - - - 28 1
2005—2006 26 5 - - - 26 5
2006—2007 29 0 - 12 1 - 41 1
2007—2008 15 1 - 5 0 - 20 1
Jami 98 7 - - 17 1 - - 115 8
Reading 2007—2008 Angliya Premyer-ligasi 14 1 0 0 0 0 - - 14 1
2008—2009 Championship 22 1 1 0 0 0 - 2 0 25 1
2009—2010 15 0 0 0 2 0 - - 17 0
Jami 51 2 1 0 2 0 - - 2 0 56 2
Sparta Prague 2010—2011 Chexiya birinchi ligasi 25 0 0 0 - 10 1 1 0 36 1
2011—2012 29 1 5 1 - 4 1 - 38 3
2012—2013 24 0 2 0 - 9 0 - 35 0
2013—2014 22 1 7 0 - 2 0 - 31 1
2014—2015 24 0 5 0 - 11 0 1 0 41 0
2015—2016 1 0 0 0 - 1 0 - 2 0
Jami 125 2 19 1 - - 37 2 2 0 183 5
Jami faoliyati 299 12 20 1 2 0 54 3 4 0 379 16

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chexiya Respublikasi
Yil Ishtirok Gollar
2007-yil 6 1
2008-yil 6 0
2009-yil 3 0
Jami 15 1

2009-yil 18-noyabr

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2007-yil 17-oktyabr München, Germaniya  Germaniya 2—0 3—0 UEFA Yevro-2008 saralashi D guruhi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sparta Prague

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Matejovsky's complete factfile“. readingfc.co.uk (2008-yil 8-yanvar). 2008-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.
  2. „Reading to sign Czech midfielder“. BBC Sport (2008-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 7-yanvar.
  3. „Royals to sign Matejovsky“. readingfc.co.uk (2008-yil 7-yanvar). 2008-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-yanvar.
  4. „Matejovsky signs three-and-a-half-year deal with Reading“. Sky Sports (2008-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2008-yil 7-yanvar.
  5. „V kabině je dál největší lídr Řepka, říká nový kapitán Matějovský“ (cs). idnes.cz (2008-yil 15-mart). Qaraldi: 2011-yil 31-iyul.
  6. „Czech's Jarolim out of Wales tie“. BBC Sport (2006-yil 28-avgust). Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.
  7. „Matejovsky's complete factfile“. readingfc.co.uk (2008-yil 8-yanvar). 2008-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.„Matejovsky’s complete factfile“. readingfc.co.uk. 8 January 2008. Archived from the original on 11 January 2008. Retrieved 9 January 2008.
  8. „Matejovsky's complete factfile“. readingfc.co.uk (2008-yil 8-yanvar). 2008-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.„Matejovsky’s complete factfile“. readingfc.co.uk. 8 January 2008. Archived from the original on 11 January 2008. Retrieved 9 January 2008.
  9. 9,0 9,1 „Matejovsky's complete factfile“. readingfc.co.uk (2008-yil 8-yanvar). 2008-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.„Matejovsky’s complete factfile“. readingfc.co.uk. 8 January 2008. Archived from the original on 11 January 2008. Retrieved 9 January 2008.
  10. „M.Matějovský“. uk.soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 29-iyul.