Kontent qismiga oʻtish

Marco Verratti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marco Verratti
Verratti warming up with Paris Saint-Germain in 2019
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marco Verratti[1]
Tavallud sanasi 5-noyabr 1992-yil (1992-11-05) (31 yosh)
Tavallud joyi Pescara, Italy
Boʻyi 1.65 m[2]
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Arabi
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000–2001 Manoppello
2001–2006 Manoppello Arabona
2006–2008 Pescara
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008–2012 Pescara 74 (2)
2012–2023 Paris Saint-Germain 276 (7)
2023– Al-Arabi 17 (0)
Milliy terma jamoa
2010–2011 Italy U19 4 (0)
2011–2012 Italy U20 4 (0)
2012–2013 Italy U21 7 (0)
2012– Italy 55 (3)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(28-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2023-yil 18-iyun uchun)

Marco Verratti Kavaliere OMRI (Italyancha talaffuzi: ˈmarko verˈratti

5-noyabr 1992-yil) — Qatar yulduzlari ligasi Al-Arabi klubi va Italiya milliy jamoasi markazli yarim ximoyachisi sifatida oʻynaydigan Italiyalik professional futbolchi.

Texnik jihatdan iqtidorli oʻyinchi hisoblangan Verratti karyerasini 2008-yilda Italiya ligasidagi Pescara klubida boshladi, bu jamoa safida oz fursatta Evropadagi eng yaxshi yosh yarim himoyachi sifatida mashhurlikka erishdi, jamoaga 2011/2012-yilgi Serie B kubogini qoʻlga kiritishgakatta hissa qoʻshdi va 2012-yilgi Bravo mukofotini qoʻlga kiritdi. Uning futbolchilardan oʻtish, koʻrish va oʻyinni nazorat qilish qobilyatlari, shuningdek trequartista rolidan regista roliga oʻta olgani sababli uni Andrea Pirlo bilan taqqoslashgan. 2012-yil iyul oyida u frantsuzlar jamoasi Parij Sent-Germainga oʻtdi, u erda u boshqa mahalliy va individual trofeyalar orasida rekord toʻqqizta Ligue 1 titulini qoʻlga kiritdi va oʻzini dunyodagi eng yaxshi yarim ximoyachilardan biri sifatida tarixga muxrlab qoʻydi. U klub uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazganlar ichida uchinchi oʻrinni egalladi.

Xalqaro darajada Verratti 2013-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA Evropa chempionatida Italiyaning U 23 jamoasida oʻyin olib bordi va ikkinchi oʻrinni egalladi, shuningdek musobaqaning yulduzli tarkibiga kiritildi. U 2012-yilda Italiya debyuti bilan ishtirok etdi va 2014 FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa 2020 chempionatlarida mamlakat shanini himoya qildi.

Erta hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verratti Pescarada tavallud topgan va Manoppello shaxrida voyaga yetgan. Yoshlik paytlarida u Juventusni muxlisi edi va Alessandro Del Pieroga havas qiladi. Verrattining isteʼdodlari kichik yoshidayoq payqalgan va unga Atalanta va Internazionale yoshlar akademiyalariga qoʻshilish takliflari berildi, ammo u oʻz mahalliy chempionatidagi Pescara klubiga 5 ming evroga qoʻshildi. Pescaraning 16 yoshgacha boʻlgan jamoasida AC Milan qarshi ajoyib natijalardan soʻng, Lombardiya klubi yarim himoyachi bilan shartnoma tuzish uchun 300 ming evroga taklif qildi, ammo Verratti Pescarada qolishga qaror qildi.

Klubda faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pescara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verratti 2012 yilda Pescara uchun oʻynaydi

Verrattining birinchi jamoasi bu Manopello yoshlar jamoasi boʻlgan, Peskaradagi tarixiy klub, 2001-yilda yangi ochilgan Manoppello Arabona bilan birlashtirilgan. U 2006-yilgacha u yerda qoldi, u Pescara yoshlari safiga kirdi.

Verratti 2008/2009-yilgi mavsumda 15 yosh 9 oyligida birinchi marta jamoada debyut qildi. 2009/2010-yilgi mavsum u Pescara uchun muntazam ravishta oʻynay boshladi va oʻshandan beri birinchi jamoadagi asosiy oʻyinchi boʻldi. Uning mahorati ommaviy axborot vositalari tomonidan kelajak yulduzi deb aytilishiga sabab boʻldi va Italiyaning xalqaro salohyatini koʻrsatib berdi[3].

Zdeněk Zeman qoʻl ostida Verratti 2011-12 yillarda Percasa jamoasi safida Seria B ning titulini qoʻlga kiritgan va bu mavsum ijro etuvchi futbolchi sifatida toʻp surgan va keyingi mavsumda Serie A ga koʻtarildi[4]. Pescaraga Serie A ga koʻtarilishida yordam berganidan soʻng, Verratti 2012-yilda Evropadagi 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi oʻyinchi sifatida Bravo mukofoti ega boʻldi va u Napoli, Roma va Juventus, shuningdek, Karlo Ancelotti Paris Saint-Germain tomonidan qidirilgan deb xabarlandi. 2012-yilgi AIC Gran Gala del Calcio u sobiq Pescara jamoa aʼzolari Ciro Immobile va Lorenz Insigne bilan birga 2011/2012-yilgi Serie B mavsumining eng yaxshi oʻyinchisi sifatida topildi[5].

Parij Sent-Jermany[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-2014: debut mavsum, individual mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 18-iyul kuni Verratti Ligue 1 dagi Paris Saint-Germain jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzoladi[6]. 2012-yil 2-sentyabrda Verratti PSG uchun Lille jamoasiga qarshi Ligue 1 oʻyinida debutini qildi. Oʻn ikki kundan soʻng, u Parc des Princes doirasidagi Toulouse jamoasiga qarshi qozonilgan gʻalabada Javier Pastorega golli uzatma berdi va oʻzining birinchi golli uzatmasini amalga oshirdi.

2012-yilning 18-sentyabr sanasida Veratti UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini gurux bosqichida dynamo Kiyev jamoasiga qarshi oʻtkazdi[7]. U 2012-13 yillarda Ligue 1 ning chempionati boʻyicha birinchi mavsumini yakunladi. 2013-yil 20-avgustda Verratti PSG bilan shartnomasini bir yilga uzaytirdi va uni 2018-yilgacha klubda toʻp surdi[8].

Verrattining PSG bilan ikkinchi mavsumi birinchi mavsumdan ham muvaffaqiyatli boʻlgan. Jumladan Verratti Ligue 1 yilning yosh oʻyinchisi deb nomlandi va 2013/2014 mavsumida Ligue 1 Yilning jamoasiga kiritildi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Italy“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2014-yil 14-iyul). 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Marco Verratti 6“. psg.fr. Paris Saint-Germain (1992-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  3. „Marco Verratti“ (it). SKY.it (2011-yil 26-yanvar). 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
  4. „Meet the new Pirlo looking to shatter England's World Cup dream“. FourFourTwo (2014-yil 14-iyun). Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
  5. „Oscar del calcio, Pirlo giocatore dell'anno“ (it). Il Corriere della Sera (2013-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 16-yanvar.
  6. „Marco Verratti joins PSG“. Paris Saint-Germain (2012-yil 18-iyul). 2012-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  7. „Paris 4-1 Dynamo Kyiv“. UEFA. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
  8. „MARCO VERRATTI SIGNS YEAR EXTENSION“. Paris Saint Germain F.C. (2013-yil 20-avgust). Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
  9. „Ibrahimovic named player of the year“. Ligue 1 (2014-yil 12-may). Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]