Kontent qismiga oʻtish

María Cecilia Dominguez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
María Cecilia Domínguez
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 8 april 1981 (1981-04-08) (yoshi 43)
San Carlos de Bariloche[1]
Boʻyi 163 cm
Vazni 53 kg
Sport
Mamlakat Argentina bayrogʻi Argentina
Qaysi sport Cross-country skiing
Klubi Club Andino Bariloche / Argentine Army

María Cecilia Domínguez (1981-yil 8-aprelda tugʻilgan) – argentinalik changʻi sportchisi va konstruktiv loyihalar boʻyicha mutaxasis[1].

Sportchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maria yoshligida yengil atletika sport turi bilan oʻrta masofaga yugurish mutaxassisliklar boʻyicha shugʻullangan[1]. Uning changʻi sporti bilan birinchi tanishuvi 20 yoshida, Bariloche munitsipaliteti jamoasida shugʻullanayotganda boʻlgan[2]. Keyin u Argentina harbiylari jamoasiga qoʻshilgan[1].

U sprint va taʼqib qilish kabi biatlonning[3] turli yoʻnalishlariga ixtisoslashgan. Changʻi sportida Maria fristayl yoʻnalishiga ixtisoslashgan[1]. U yetti marta biatlon boʻyicha Janubiy Amerika chempionligini qoʻlga kiritgan, oxirgi marta 2017-yil avgust oyida Chilida gʻoliblik shohsupasiga koʻtarilgan[2][1]. Oʻsha yili u Serro katedralida nishonlangan Argentina qishki oʻyinlarida qatnashib, yaxshi natijalarga erishgan[4].

Uning murabbiylari Argentina harbiylari jamoasining aʼzolari – Gaston Fanti, Damian Gutierrez va Serxio Martineslar hisoblanishadi[1].

Pxyonchxan 2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro changʻi federatsiyasi Argentina terma jamoasi uchun kvotani kafolatlaganidan soʻng u 2018-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan[5][1], va ayollar oʻrtasidagi 10 ta yoʻnalish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan[6]. Bu bilan u qishki Olimpiya oʻyinlarida changʻi sportida qatnashgan birinchi argentinalik ayol sportchi boʻlgan[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U San-Karlos de Barilocheda yashaydi va Centro de Capacitación Técnica de Bariloche oliygohida tahsil olgan. Maria Argentina armiyasining zaxiradagi askar va texnik konstruktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[2][1].

Maria Axel Nikolas Ciuffo bilan turmush qurgan, u Argentinani biatlon va changʻi sporti boʻyicha turli musobaqalarda ham himoya qilgan[2]. Juftlikning bir nafar qiz farzandi bor[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]