Maqsudaxon Umarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maqsudaxon Umarova
Tavalludi 1923-yil
Qumshaydon qishlogʻi, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Maqsudaxon Umarova (1923-yil, Qumshaydon qishlogʻi, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973), KPSS aʼzosi (1945)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqsudaxon Umarova 1923-yil Paxtaobod tumani Qumshaydon qishlogʻida tavallud topgan. Umarova 1943—1946-yillarda Paxtaobod tumanidagi Oʻzgarish qishloq soveti raisi, Yoqubov nomli (sobiq „Mustahkam“) kolxozi raisining muovini, 1948-yildan esa brigda boshligʻi bolʻib ishlagan. Umarova boshchiligidagi brigada har gektar yerdan 43 sentner paxta yetishtirishgan (1973). 2 marta Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1978, s. 567

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656 bet.