Turkiston viloyatining gazeti
Turkiston viloyatining gazeti oʻzbekcha: ترکستان ولایتی نینک کزیتی ruscha: Туркестанская туземная газета | |
---|---|
Gazetaning 1907-yil 11-oktyabrda chop etilgan 76-soni titul varagʻi | |
Turi | ijtimoiy-siyosiy gazeta |
Asoschi(lar) | Turkiston general-gubernatorligining kanselyariyasi |
Asos solingan | 1870-yilda „Turkestanskiye vedomosti“ gazetasiga ilova shaklida chiqa boshlagan, 1883-yildan mustaqil gazeta sifatida chiqa boshlagan |
Bosh muharrir |
Shohimardon Ibrohimov, Muhammadhasan Chanishev Nikolay Ostroumov |
Tili | ruscha, oʻzbekcha, qozoqcha |
Nashrning toʻxtatilishi | 1917-yil |
Adadi | 500–700 nusxa |
Turkiston viloyatining gazeti (oʻzbekcha: ترکستان ولایتی نینک کزیتی, ruscha: Туркестанская туземная газета) – Turkistonda 1870-yilda rus istilochilari tomonidan nashr etilgan mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. Turkiston general-gubernatorligining nashri. „Turkestanskiye vedomosti“ gazetasining oʻzbekcha varianti. Dastlab shu gazetaga ilova tariqasida chiqarilgan. 1883-yildan mustaqil ravishda chiqa boshlagan. „Turkiston viloyatining gazeti“ birmuncha vaqt (1872-yil iyulidan 1873-yilning fevraliga qadar) Peterburgda nashr etilgan. 1885-yildan gazetining bir tomoni „Turkestanskaya tuzemnaya gazeta“ nomida rus tilida chiqqan. Faoliyati 1917-yilda toʻxtatilgan. „Turkiston viloyatining gazeti g.“ga 1871—1883-yillarda generalgubernator tarjimoni Shohimardon Ibrohimov, 1883-yil boshlarida Muhammadhasan Chanishev, 1883-yil oʻrtalaridan 1917-yilga qadar N. P. Ostroumov muharrirlik qilgan. Sahifalarida podsho Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati targʻib qilingan, mahalliy aholini „oq podsho“ va uning Turkistondagi amaldorlari amrfarmonlarini soʻzsiz bajarishga undalgan. Get.dada rasmiy materiallardan tashqari, paxtachilik, ipakchilik haqida, fan, texnika, adabiyot va sanʼatga doir materiallar ham eʼlon qilingan. Get.dada Sattorxon Abdugʻafforovning siyosiy publitsistik makrlalari, Furqat va Muqimiing t maʼrifatga undovchi sheʼrlari va hajviy asarlari chop etilgan. Shuningdek, rus yozuvchilari I. A. Krilov, A. S. Pushkin, N. V. Gogol, I. S. Turgenev, L. N. Tolstoy asarlaridan ilk tarjimalar bosilgan.
„Turkiston viloyatining gazeti g.“ 500—700 nusxada nashr etilgan. „Turkiston viloyatining gazeti g.“ nusxalari Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanadi. Gazetasidagi materiallar 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Turkiston xalklari hayoti, madaniyatini oʻrganishda muhim manba sanaladi.
LA.Avsharova M. N., 18701917-yillarda Turkistonda rus vaqtli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T. E., Turkistondavaqtli matbuot (1870—1925),T., 1959; Ernazarov T. E., Akbarov A. I., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870—1917), T., 2000.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |