Mantiye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mantiye (serbcha: мантије) — Serbiya va Bosniya oshxonasiga oid, qiyma goʻsht yoki pishloq bilan toʻldirilib pishiriladigan pishiriq turi. Serbiya mantiyesi toʻtrburchak shaklda ichi toʻldirib bukilgan xamir tayyorlanib, pishiriladi[1]. Bosniya va Gertsegovinada esa yupqa yoyilgan xamirga masalliqlar bir tekisda yoyib chiqiladi, bunda xamir chetlari albatta stoldan osilib turishi kerak, keyin uzun va ingichka qilib oʻraladi hamda kichik boʻlaklarga kesiladi[2]. Odatda, dasturxonga tortishdan oldin ustiga sarimsoqpiyoz qoʻshilgan qatiq quyiladi.

Butun Serbiya boʻylab original ravishda tayyorlab qadoqlangan va muzlatilgan mantiyelarni topishingiz mumkin[3].

Ushbu taomga pravoslav ruhoniylarining kiyimi — mantiya nomi berilgan. Bu soʻzning oʻzak kelib chiqishi yunoncha „mantion“ soʻziga borib taqalishi mumkin. Bu „xalat“ yoki „burma“ degan maʼnolarni anglatadi[3].

Pazar mantiyelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pazar mantiyelari yoki sanjak mantiyesi Novi Pazar shahar oshxonasining oʻziga xos taomidir. U qat-qat xamir va qiyma goʻshtdan tayyorlanadi.

Pazar mantiyelari, yaʼni ushbu taomni tayyorlashning Novy Pazar anʼanaviy usuli 2012-yilda Serbiyaning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan[4]. Mantiye Novi Pazar (Serbiya janubi-gʻarbiy qismi)da istiqomat qiluvchi bosniyalik aholisi kundalik taomnomasining bir qismi, shuningdek, oilaviy tadbirlarda doimiy ravishda tayyorlanadigan taom hisoblanadi. Original mantiyelar musulmonlarga xos ravishda faqat mol goʻshtidan tayyorlanadi. Qoʻy goʻshti va pishloq yoki karam qoʻshilib tayyorlanadigan namunalari ham paydo boʻlgan[5].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Загорац, Дејан; Марјановић, Слободан. ГАСТРОНОМСКИ ВОДИЧ КРОЗ ГРАДОВЕ И ОПШТИНЕ. Београд: СТАЛНА КОНФЕРЕНЦИЈА ГРАДОВА И ОПШТИНА – САВЕЗ ГРАДОВА И ОПШТИНА СРБИЈЕ, 2013 — 38,50,86,116 bet. ISBN 978-86-88459-25-9. 16. 1. 2019da qaraldi. 
  2. „Mantije“. Coolinarika. Qaraldi: 24. 1. 2020.
  3. 3,0 3,1 „Новопазарске мантије, специјалитет који чува традицију“. serbia.com. Qaraldi: 5. 4. 2019.
  4. „Пазарске мантије, традиционални начин припреме“. nkns.rs. Qaraldi: 5. 4. 2019.
  5. „S ljubavlju iz Novog Pazara – Sandžačke ili Pazarske mantije“. Bašta balkana. Qaraldi: 4. 8. 2020.