Manmohan Singh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

'Manmohan Singh (1932.26.9, Pokistonning Gax sh.chasi) — Hindiston davlat arbobi. Panjob universitetini tugatib, 1952 y. bakalavr, 1954 y. magistrlik darajasiga ega boʻlgan. Kembrij universitetida oʻqigan. 1957 yildan Panjob universitetida oʻqituvchi, 1966 yildan BMTning Jenevadagi savdo va taraqqiyot konferensiyasi kotibiyatida konsultant, 1969 yildan Dehli universiteti prof., 1972 yildan Hindiston moliya vazirligida iqtisodiyot boʻyicha maslahatchi, 1976 yildan shu vazirlikla iqtisodiy masalalar boʻyicha departament rahbari — vazir oʻrinbosari, 1982 yildan Hindiston rezerv banki boshqaruvchisi, ayni vaqtda 1983—84 yillarda Hindiston bosh vaziri huzuridagi iqtisodiy kengash aʼzosi, 1985 y. Hindiston iqtisodiy assotsiatsiyasi prezidenti, 1985 yildan Hindiston reja komissiyasi raisi — vazir, 1990 y. dek.dan Hindiston bosh vaziri maslahatchisi, 1991 y. Milliy universitet komissiyasi rahbari. 1991 va 1995 y. parlamentning yuqori pala-tasiga saylangan. 1991 y. iyundan Hin-diston moliya vaziri, 1996—2004 yillarda vazirlik huzuridagi Konsul-tativ qoʻmita aʼzosi. 1996 y. avg .dan parlamentda savdo qoʻmitasi raisi. 1996 y. mart — 2004 y. parlament yuqori palatasida muxolifat yetakchisi. 2000 yildan Hindiston parlament guruhi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi. 2004 y. 22 maydan Hindiston Respublikasi bosh vaziri. Iqtisodiyot boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Hindiston va xorijdagi bir qancha universitetlarning faxriy darajalari sohibi[1].

Manbalar[tahrir]