Manjuriya operatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Manjuriya operatsiyasiIkkinchi jahon urushi davrida SSSRning Yaponiyaga qarshi oʻtkazgan yirik jangovar operatsiyasi (1945-yil 9.8–2.9). Zabaykalye fronti, 1- va 2-Uzoq Sharq fronti qoʻshinlari (qoʻmondonlar – Sovet Ittifoqi marshallari R. Ya. Malinovskiy, K. A. Meretskov va armiya generali M. A. Purkayev), Tinch okean fronti (qoʻmondon – admiral I. S. Yumashev), Amur harbiy flotiliyasi (qoʻmondon – kontr-admiral N. V. Antonov) va Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) qoʻshinlari (qoʻmondon – MXR marshali X. Choybalsan) bilan hamkorlikda Uzoq Sharkdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni Sovet Ittifoqi marshali A. M. Vasilevskiyning umumiy qoʻmondonligi ostida shiddatli zarbalar bilan Yaponiyaning Kvantun armiyasi (qoʻmondon O. Yamada)ning kuchli mudo-faasini yengib va yurish qiyin boʻlgan joylar (tayga, togʻlar, shu jumladan, Katta Xingan tizmasi)dan oʻtib, Manjuriyaning muhim markazlariga yetib bordilar. 19-avgustda yapon qoʻshinlari yal-pisiga asir tusha boshladilar.

Sovet qoʻshinlarining Manjuriya operatsiyasidagi gʻalabasi 2-sentabrda Yaponiyani taslim boʻlishga majbur qildi va Ikkinchi jahon urushining tugashiga olib keldi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil