Mamed Sattarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamed Sattarov
Tavalludi 1907-yil 21-yanvar
Vafoti 1972-yl 9-dekabr
Oʻsh
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Mamed Sattarovich Sattarov (1907yil 21-yanvar, Astara — 1972-yil 9-dekabr, Oʻsh) — Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati tashkilotchilaridan biri

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sattarov Mamed 1907-yil 21-yanvarda Boku viloyati, Lankaron tumani, Astara qishlog‘ida mardikor oilasida tavallud topgan. Doimiy jangovar harakatlar va ocharchilik boshlanishi sababli oila 1921-yilda Toshkentga ko‘chib o‘tadi[1].

1922-yildan Toshgoʻstramda tramvay konduktori, soʻngra vagon haydovchisi boʻlib ishlagan. 1928-yilda u KPSS (b) safiga qoʻshildi. 1933-yilda Oʻrta Osiyo sanoat ishchilari fakultetini tamomlagandan soʻng, Bolsheviklarning Butunittifoq kommunistik partiyasi viloyat qoʻmitasi tavsiyasiga binoan Sanoat akademiyasiga oʻqishga yuboriladi va uni 1937-yilda ipakchilik texnologi kursini tugatgan.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida ishlagan, 1939—1940-yillarda Samarqand ipak oʻrash kombinati bosh muhandisi boʻlgan. 1940-yil dekabrdan SSSR Xalq Komissarlari Soveti va Bolsheviklar KP MKning „O‘zbekistonda ipakchilikni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarorini amalga oshirishda ishtirok etdi. Fargʻona ipak oʻrash kombinati (1940—1941), Margʻalon ipak oʻrash kombinati (1942—1943), Namangan grenaj zavodi (1943—1947) direktor bo‘lib ishladi. Margʻilon ipak kombinati ipak oʻrash tsexi mudiri (1947—1950) va Margʻilon ipak kombinati direktori oʻrinbosari (1950—1952) lavozimlarida ishlagan.

1953 — 1962-yillarda O‘sh ipak kombinatini boshqargan. Bu davrda u bir necha bor xalq deputatlari O‘sh viloyat va O‘sh shahar Kengashlariga deputat etib saylangan[2].


1964-yildan O‘sh ipak kombinatida ishlab chiqarish texnologi bo‘lib ishlagan. 1972-yil 9-dekabrda uzoq davom etgan kasallikdan (saraton) so‘ng vafot etdi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini: Sure Huseynovna Sattorova (1911 — 1995).

Oʻgʻli: Firutdin. Uning rafiqasi Lili; ularning bolalari Ella, Larisa, Rika.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • // Lenin yoʻli: gazeta. — Oʻsh, 1953. — No 57.