Malika Qodirxonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Malika Qodirxonova
Oʻzbekiston Respublikasi Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2021-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1967-yil
Toshkent
Mukofotlari

Malika Akbarovna Qodirxonova (tugʻ. 1967-yil, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, tadbirkor, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, 2021-yildan Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malika Akbarovna Qodirxonova 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2015—2019-yillarda Toshkent viloyati „Ayollar tadbirkorligiga koʻmaklashish“ markazi rahbari sifatida xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida katta ijobiy natijalarga erishdi. Malika Qodirxonovaning faolligi va tashabbusi bilan 2015-yilda viloyatda 300 nafar tadbirkor ayol faoliyat yuritgan boʻlsa, 2019-yilda ularning soni 4 ming nafardan oshgani buning dalilidir. „Nogironlar — tadbirkor ayollar“ uyushmasining Toshkent viloyatida tashkil etilgani ham Malika Akbarovnaning saʼy-harakatlari samarasidir[1][2]. U 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati, shuningdek, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi[3]. Malika Akbarovna 2021-yilda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi[4].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]