Malika Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malika Muhamedovna Ahmedova (1950.3.4, Chimkent viloyati Sayram kishlogʻi) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent xoreografiya bilim yurtining mumtoz raqs boʻlimini (1968), Toshkent davlat jahon tillari institutini (1972) tugatgan. Ijrosidagi raqslar milliy boʻyoqlarga boyligi, shoʻxchanligi, serjilva va nazo-katliligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi raqslari: „Koʻzim shaxloga tushdi“, „Tamanno“, „Ey dilbari jonon“, „Namangan ta-navori“, „Maqom“, „Muhabbat“, „Zarafshon malikasi“, „Nargiz“, „Xayolim senda“ va boshqa „Maysaraning ishi“ (Sulaymon Yudakov), „Zebuniso“ (S. Jalil) operalarida balet partiyalarini ijro etgan. Shuningdek, repertuaridan arab, afgʻon, ispan, turk, eron, hind va boshqa xalqlar raqslari oʻrin olgan. Ahmedova ga bagʻishlab „Bu sehrli raqs dunyosi“ videofilmi suratga olingan. Keyingi yillarda baletmey-sterlik qilmoqda. Angliya, Avstraliya, AQSH, Italiya, Yugoslaviya, Yaponiya kabi mamlakatlarda gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil