Maksim Spodiriyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maksym Spodiriyev

Kaliszek va Spodyriev
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Максим Сподирєв
Davlat Polsha bayrogʻi Polsha
Oldin vakil boʻlgan Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavalludi 29-dekabr 1993-yil (1993-12-29) (30 yosh)
Xarkov, Ukraina
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Sherigi Natalia Kaliszek
Jamoasi MKS Axel Toruń
Oldingi jamoalari Spartak Kharkiv
Uchishni boshlagan 1998
Yakunlagan 2022
Shaxsiy rekordlari
Qisqa raqs 74.19
Erkin raqs 112.48

Maksim Spodiriyev (ukraincha: Максим Сподирєв; 1993-yil 29-dekabrda tugʻilgan) — Polsha va Ukraina vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Natalia Kaliszek bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger musobaqalarida medallarni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2017 CS Tallinn Trophy musobaqasida oltin medal sohibi boʻlgan va sakkiz marta Polshaning milliy chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Juftlik Polsha vakili sifatida 2018 va 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida, shuningdek, Yevropa va Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Juftlik oʻsmirlar darajasida 2015-yilgi Oʻsmirlar Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirishgan.

Spodiriev faoliyatining boshida Ukraina vakili sifatida konkida uchgan. U 2014-yilda Polsha terma jamoasi safida musobaqalarda qatnasha boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014 — 2015-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spodyriev 2014-yilda Polsha vakili sifatida Silviya Novak-Trębacka murabbiyligida mashgʻulot oʻtovchi polyak muz raqqosasi Natalia Kaliszek bilan birga musobaqalarda qatnasha boshlagan[1]. Juftlik oʻzining xalqaro debyutini Volvo Open Cup musobasida oʻtkazgan va oʻsmirlar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Kattalar darajasiga koʻtarilib, Santa Claus Cup musobaqasinda oltin medalni qoʻlga kritishdan oldin Challenger Series (CS) turnirida ishtirok etib, oltinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2014-yilning dekabr oyida Four Nationals musobaqasida Polsha milliy chempionligini qoʻlga kiritgan va keyingi oy boʻlib oʻtgan Toruń Cup turnirida bronza medali bilan taqdirlangan[2].

2015 — 2016-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliszek / Spodyriyev juftligi 2015 — 2016-yillarda oʻtkazilgan Challenger seriyasining uchta musobaqasida qatnashgan. Birinchi Nebelhorn Trophy musobaqasida yettinchi oʻrinni egallaganidan soʻng, Mordovian Ornament turnirida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik Warsaw Cup musobaqasida ham qatnashib, kumush medal bilan taqdirlangan. Juftlik Challenger seriyasining umumiy reytingida uchinchi oʻrinni egallagan[3].

2020 — 2021-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliszek / Spodyriyev juftligi Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2021-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan oldin yana toʻrtta milliy chempionatda gʻolib chiqqan va Jahon chempionatida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan. Bu natija juftlikka Polsha vakili sifatida 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanma bergan.

Juftlik 2022-yil 16-iyul kuni musobaqalarni tark etishlarini eʼlon qilishgan[4].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaliszek bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2021 — 2022

2020 — 2021

  • Quickstep: Everybody Say Yeah
  • Foxtrot: Everybody Say Yeah

    Cyndi Lauper
2019 — 2020

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Kalishek bilan Polsha vakili sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 18 — 19 19 — 20 20 — 21 21 — 22
Olimpiada 14 17
Jahon chempionatlari 24 16 14 17 11 C 12 WD
Yevropa chempionati 14 11 8 10 5 9 14
GP Cup of China 5
GP NHK Trophy 7
GP Rostelecom 5 4 WD
GP Skate America 6 8
GP Skate Canada 9
CS Cup of Austria WD
CS Finlandia 5 10
CS Golden Spin 2
CS Ice Star 2
CS Mordovian 3
CS Nebelhorn 7 8
CS Nepela 4
CS Tallinn Trophy 1 3
CS Warsaw Cup 6 2 WD WD
Bosphorus Cup 1
Open d’Andorra 2
Santa Claus Cup 1 3
Shanghai Trophy 3
Toruń Cup 3 1 1 1 2 1
Warsaw Cup 2
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionatlari 7
Volvo Open Cup 2
Milliy
Polsha chempionati 1 1 1 1 1 1 1 1
Four Nationals 2 2 1 1 1 1 1 1
WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. McCluskey, Megan. „'Despacito' Is the Clear Winner of the 2018 Olympic Ice Dancing Competition“. Time (2018-yil 19-fevral).
  2. Slater, Paula. „Papadakis and Cizeron first after Rhythm Dance; new record“. Golden Skate (2019-yil 25-yanvar).
  3. Slater, Paula. „Papadakis and Cizeron defend European title; pockets fifth consecutive gold“. Golden Skate (2019-yil 26-yanvar).
  4. „Kochani!“. Natalia Kaliszek & Maksym Spodyriev's Facebook (2022-yil 16-iyul).