Makkajo‘xorili obiyovg‘on

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Makkajo‘xorili obiyovg‘on

Makkajoʻxorili obiyovgʻon (inglizcha: Corn chowder) — makkajoʻxori, piyoz, selderey va sut yoki qaymoq bilan tayyorlangan shoʻrva. Baʼzida ishlatiladigan qoʻshimcha ingredientlarga kartoshka, choʻchqa goʻshti, baliq, dengiz mahsulotlari va tovuq ham kiradi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida makkajoʻxorili obiyovgʻonning eng qadimgi retsepti 1884-yilga toʻgʻri keladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida makkajoʻxorili obiyovgʻon konserva sifatida ommaviy ishlab chiqariladi.

Retsepti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makkajoʻxorili obiyovgʻon — qaymoqli quyuq shoʻrva. Makkajoʻxorili obiyovgʻonning asosiy ingredientlari — makkajoʻxori, piyoz va selderey, sut yoki qaymoq, sariyogʻ, un, tuz va qalampirlardir[1][2][3]. Bu taomni tayyorlash uchun ham yangi makkajoʻxori, ham konservalangan yoki muzlatilgan makkajoʻxoridan foydalanish mumkin[4][5][6]. Bundan tashqari, shoʻrvaga kartoshka[1] va boshqa sabzavotlar, choʻchqa goʻshti, bekon, kreker va makkajoʻxori kraxmali (oxigisi quyuqlashtiruvchi sifatida ishlatiladi) qoʻshilishi mumkin.

Bu taom koʻpincha AQShda ham mashhur boʻlgan klem-chauderining vegetariancha oʻrnini bosuvchi taom sifatida tortiladi[7][8].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makkajoʻxorili obiyovgʻonning birinchi nashr etilgan retsepti 1884-yilga toʻgʻri keladi, bu retsept Boston oshxona kitobida nashr etilgan. Keyinchalik, Fanny Farmer tomonidan yozilgan makkajoʻxorili obiyovgʻonning yana bir retsepti 1896-yilda Boston Pazandachilik maktabining oshxona kitobida nashr etilgan[4]. 1896-yilgi retseptda XIX asrning oʻrtalarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida paydo boʻlgan konservalangan makkajoʻxori ishlatilgan[4]. Yana 1896-yilgi retseptda ingredientlar sifatida choʻchqa goʻshti, kartoshka va kreker ham bor edi. 1884-yilgi retsept nashr etilgandan beri makkajoʻxorili obiyovgʻon retseptining koʻplab variantlari Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi turli xil ingredientlar va turli xil pishirish usullari bilan turli oshxona kitoblarida paydo boʻldi. Misol uchun, baʼzi retseptlarda qaymoq, sut yoki quyultirilgan sut ishlatilgan va quyuqlashtiruvchi sifatida un yoki tuxum ishlatilgan[4].

Ommaviy ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makkajoʻxorili obiyovgʻon konserva sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ommaviy ishlab chiqariladi. Konservalangan makkajoʻxorili obiyovgʻonni ishlab chiqarish va sotish bilan bir nechta quyidagi korxonalar shugʻullanadi: Campbell Soup, Costco[9], General Mills[10], General Mills, Safeway va boshqalar.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Rombauer, I.S.; Becker, M.R.; Becker, E.; Guarnaschelli, M.. JOC All New Rev. – 1997. Scribner, 1997 — 110 bet. ISBN 978-0-684-81870-2. 
  2. The Book of Chowder. ISBN 978-0-916782-10-8. 
  3. D'Amico, J.; Drummond, K.E.. The U.S. History Cookbook: Delicious Recipes and Exciting Events from the Past. Wiley, 2003 — 30 bet. ISBN 978-0-471-46336-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 White, J.. 50 Chowders. Scribner, 2000 — 175–176 bet. ISBN 978-0-684-85034-4. 
  5. Miller, C.; Williams, C.; Williams-Sonoma. Williams-Sonoma Collection: Seafood, Williams Sonoma Collection. Free Press, 2005 — 82 bet. ISBN 978-0-7432-6188-3. 
  6. Greene, B.. The Best Life Diet. Simon & Schuster, 2007 — 210 bet. ISBN 978-1-4165-4069-4. 
  7. Man Made Meals: The Essential Cookbook for Guys. ISBN 978-0-7611-8133-0. 
  8. „Summer Corn Chowder“. Chowhound. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  9. Mohan, Anne Marie „Not your mother's private label“. Packaging World (2013-yil 19-noyabr). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
  10. „Calories in Progresso Rich & Hearty Chicken Corn Chowder Flavored With Bacon – Calories and Nutrition Facts“. MyFitnessPal.com (2016-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 21-mart.