Kontent qismiga oʻtish

Selderey

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Selderey, qafas (Apium) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yevropa, Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyada 20 turi tarqalgan. Xushboʻy selderey (A. graveolens) jahondagi barcha dehqonchilik mintaqalarida ekiladi. Uning bargli selderey (A. graveolens var. secalinum), ildizmevali selderey (Selderey var. rapaceum) va bandli selderey (Selderey var. dulce) xillari bor. Asosan, ikki yillik selderey ekiladi. Birinchi yili 80100 sm poya chiqarib, barg toʻplami, 2-yili poya chiqarib toʻpgul hosil qiladi. Gullari mayda, oq, chetdan changlanadi. Poyasi sershox. Bargi va ildizida 4,3% qand, C, B1, B2 vitaminlar, A provitamini, efir moyi, mineral tuzlar bor. Sovuqqa chidamli, yorugʻsevar, suvga talabchan. Urugʻi fevral-mart oylarida sepiladi. Oshkoʻki sifatida isteʼmol qilinadi, goʻsht, sabzavot, konservalashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil