Majid Qori Qodiriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
One of first Uzbek Jadids in Turkestan Majid Qodiriy in 1918 Tashkent
Signature of Majid Qodiriy

Majid Qori Qodiriy (Qodirov) (ruscha: Маджид Кадыри (Кадыров) ), asl ismi Abd-ul-Majid-xon Qori Abd-ul-Qodir-xon Qori oʻgʻli (ruscha: Абд-ул-Маджид-хан Кары Кадыри) (2 oktabr 1886[1], Qori-Yogʻdi mahallasi, Shayxantohur dahasi, Toshkent — 5 oktabr 1938, Yunusobod Hozirgi "Shaxidlar xotirasi" majmuasi joylashgan yerda, Toshkent) — Oʻzbek olimi, adib, birinchi oʻzbek tilidagi chop etilgan darsliklarning muallifi[2] xususan, adabiyot, tarix va arifmetika darsliklari, Turkiston oʻlkasidagi jadidchilik harakati asoschilaridan biri.

Tarjimai hol[tahrir]

Majid Qodiriy (Qodirov) hijriy 1304 yil, Muharram oyining 4 kuni, Toshkentning Shayxantohur dahasida joylashgan Qori-yogʻdi mahallasida ruhoniy oilasida tavallud topgan. Avval eski usul maktabini, keyin esa madrasada tahsil olgan. Mudarrislikni "usuli-savtiya" (eski-usul) keyin esa "usuli-jadidiya" (yangi-usul) maktablarida boshlagan, keyinchalik madrasa va rus-tuzem maktablarida ham mehnat qilgan.

Fors, arab, turkiy, rus va ingliz tillarini bilgan.

1906 yildan boshlab rus-tuzem maktablarida matematikadan dars berishni boshlagan, 1917 yildagi qizil inqilobidan oldin Toshkentdagi oʻrta maktablarda dars bergan, hamda ularda mudirlik qilgan.

1918-1921 yillarda jadidchilik harakati tomonidan tashkil etilgan 6-Turon maktabida mudir.

1918 yildan Kommunistik partiyaga aʼzolikka qabul qilingan.

1920-1921 yillarda Toshkentdagi Tabiyat va tarix pedlaboratoriyasi mudiri.

1921 Toshkentdagi Boyskaut maktabida dars bergan.

Majid Qodiriy among school teachers 1910s

1921 yilda Turkiston davlat universitetining eski-shahar ishchi fakultetida oʻzbek tilidan dars berishni boshlagan.

1921-1923 yillarda Turkiston davlat universitetining "Ishchi facultet"da dekan., shu vaqtning oʻzida Turkiston davlat universiteti qoshidagi "Tadqiqot" laboratoriyasida mudir.

Majid Qodiriy Ref Letter Central Asiatic University Tashkent

1923 yilning 23 mart kuni "Mehnat Qahramoni" unvoni berilgan.

1923-1925 yillarda Tabiatni asrash muzeyi mudiri.

Majid Qodiriy with his sons at Tashkent Museum of nature

1924 Toshkent Vaqf shoʻbasi hodimi.

1925 yildan boshlab Oʻrta Osiyo osoriatiqalarni saqlash qoʻmitasi hodimi.

1925 yilda Parijda ochilgan koʻrgazmada yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston respublikasining vakili sifatida borgan. Parijga ketayotib, Berlinda toʻxtab, Germaniyada tahsil olayotgan oʻzbek talabalari bilan uchrashgan [3].

1928 yilda Oʻrta-osiyo davlat universiteti qoshidagi "Fizika kabineti"da mudirlik qilgan.

1928-1930 yillarda Oʻrta-osiyo davlat universitetining "ishchi fakulteti"da dekan, hamda tarix kabinetining boshligʻi lavozmini egallagan.

1929 yilda partiyadan oʻchirilgan, 1930 yilning boshida ishdan boʻshatilgan.

Uning partiyadan oʻchirilib, ishdan boʻshatilishiga, ayrim proletariat va sovetparastlarning tuhmatlari, hamda 1929-1930 yillarda matbuotda bosilgan felyetonlar ham sababchi boʻlgan. Bu felyetonlarda isboti topilmagan gumonlar bilan ayblangan.

Majid Qodiriy 1930 yildan keyin ham mudarrislik faoliyatini Oʻrta-osiyo davlat universitetida davom ettirdi.

1937 yilda "xalq dushmani" sifatida SSSR NKVD tomonidan hibisga olingan. Tergov ishlarida 1938 yilning 2 aprelida hibisga olingan deb yozilgan rasman.

1938 yilning 12 sentabr kuni[4] NKVDning "troyka"si tomonidan otib tashlashga hukm qilingan Приговор (ВК ВС СССР, 05.10.1938 - ВМН), jazo Turkistonning tarixida enq qonli kun boʻlib qolgan kun - 1938 yilning 5 oktabr kuni ijroga keltirilgan (АП РФ, оп.24, дело 418, лист 114).

Oʻzbek millatining eng oldi-isloxchilaridan 507 tasi shu kuni "xalq dushmani" deb hukm qilingan va hozirgi Yunusoboddagi Oq-tepada otib tashlangan. Shu joyda mustaqillikka erishilgandan soʻng "Shaxidlar xotirasi" majmuasi qurilgan.

13.02.1958 sanada SSSRning Harbiy kollegiyasi tomonidan aybsiz deb topilib - "oʻlimdan soʻng reabilitasiya" qilingan va kommunistik partiyaga qayta kiritilgan.

Oila[tahrir]

Majid Qodiriy va umr yoʻldoshi Mehrinisoxon Mirsagatovalarda 6 farzand boʻlgan, oʻgʻillari Quddusxon, Ramzixon, Rashodxon, Erkinxon va Oʻtkirxonlar, va qizlari Nafisaxon.

Majid Qodiriyʼs family 1936

Afsuski Majid Qodiriyni ota-onalari haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan, qisqa ma’lumot Majid Qodiriyning o’z qo’li bilan O'zbekiston SSR xalq ta'limi komissariati uchun to’ldirilgan tarjimai-holida keltirilgan. Majid Qodiriyning otalari Abdul-Qodirxon Qori diniy idora hodimi bo’lgan (tarjimai holning asl nus’hasi O'zbekiston markaziy arxivida saqlanadi). «Xalq dushmani» sifatida xibsga olingandan so’ng, NKVD tomonidan ta'qibdan qo'rqib ko'p do'stlari va qarindoshlari uzoqlashib ketgan. Mehrinisoxonim bolalarini ta’qibdan asrab qolish uchun o’zining ota-onasi va turmush o’rtog’i Majid Qodiriy hamda uning ota-onasi haqida gapirmaslikka harakat qilgan.

Maorif ishlari[tahrir]

Majid Qodiriy birinchi o’zbek tilida chop etilgan va yangi-uslub maktablarida ta’limga tadbiq etilgan arifmetika (Majid Qori, "Hisob (Matematikadan boshlang’ich ta’lim asoslari)"[5], ), Toshkent 1910 yil (1913 va 1915 yillarda "Turkiston Kutubhonasi" nashriyoti tomonidan qayta nashr qilingan), geografiya (Majid Qori, "Jugrofiya", Toshkent 1911 yil) va chig'atoy-turkiy (o'zbek) tilda grammatika kitoblarining muallifidir. Shuningdek nashr faoliyati bilan jadidlardan bo’lgan Saidrasul Aziziy, Munavvar-Qori Abdurashidxonov, Muhammad Rasuliy, Shokirjon Abdurahimjonov, Abdullo Avloniy, Xamza Niyoziy, Abduvohid Munzim, Sadriddin Ayniy va boshqalar ishtirok etgan.

Majid Qodiriy taking participation in educational conference in Tashkent, photograph from newspaper article 1921

Yangi-usul maktablarida ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli rivojlanishiga usha davrda yagona o'quv metodikasining yo’qligi halaqit berayotgan edi. Musulmon maktablarida yangi o’qitish uslubining joriy etilishi tarafdorlari bu masalani bir necha marta turli darajalarda muhokama qilishgan edi. 1910 yilning sentyabrida Munavvar Qori Abdurashidxonov Turkistonda davlat darajasida umumiy dasturlar va darsliklar joriy etilishini so’rab maktab ta'lim islohotini amalga oshirish bo’yicha Davlat dumasiga ariza yubordi. Xuddi shu masala 1914 yilning may oyida Shayhantohur daha qozisining uyida to’plangan keng ko’lamda ilg'or milliy ziyolilar vakillari tomonidan muhokama etiladi. Yig’ilish ishtirokchilari yagona o’quv metodikasining joriy etilishi maktab ta’lim jarayonini muvaffaqiyatini, hamda o’quvchilarni bir maktabdan ikkinchi maktabga o’tishida muammolardan xalos bo’lish yo’li sifatida ta’kidlashgan. Yig’ilishda yagona o’quv metodikasini ishlab chiqish hamda tadbiq etish bo’yicha mas’ul qo’mita hodimlarini tasdiqlashdi, ularga yangi usul maktab muallimlari: Munavvar-Qori Abdurashidxonov, Qori Samig’ Ziyoyev, Shokirjon Muhammad Rasul Abdulloh Avloniy, "Sadoi Turkiston" gazetasining korrektori, va rus-tuzem maktabi muallimi ustoz tuzatish O'sha paytda ishlagan: uchrashuv maktablar novometodnyh o'qituvchilar, jumladan, yagona o'quv rejasi rivojlantirish uchun vakolatli qo'mita saylanadi Rossiya-tuzem maktablari Abdul Majid Qori Qodiriy tasdiqlandilar (O’zbekiston Respublikasi Markaziy arxivi. fond R-461, 1 jild , 1260 ish , 22 varaq).

Majid Qodiriy with Uzbek students in Berlin, photo from Red Uzbekistan newspaper article, 1925

Turkiston jadidlari ta’lim muassalarida dunyoviy fanlarni joriy qilish bilan birga an'anaviy fanlarni isloh qilishga ulkan hissa qo’shishgan va ilm olish hohishi bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga bebaho yordam ko'rsatdi. Ularning sa'y-harakatlari tufayli Toshkentda “Turon” xayriya jamg’armasi, Buxoroda “Tarbiyai atfol”, Qo’qonda “G’ayrat”, o’ndan ortiq korxona, noshirlik uylari, kutubxonalar tashkil etildi. 1909 yilda ta’sis qilingan “Jamiyati xayriya” birinchi xayriya jamg'armasi ta'sischilari bo’lib Munavvarqori va Avloniylar bo'ldi. Bu jamiyatning asosida, 1913 yilda Toshkentning ziyolilari hamda badavlat insonlari tarafidan "Turon" jamiyati tashikil etildi. Bu jamiyat negizida "Turon" drama-truppasi, "Turon" kutubxonasi va o’quv zali, “Turkiston kutubxonasi” nashriyoti tashkil etildi. Jamiyat negizidagi “6-nchi Turon” maktabda 1918 yilda tashkil etilgandan boshlab to 1921 yilda Turkiston davlat universitetiga ishga o’tishga qadar Majid Qodiriy mudirlik qilgan.

Majid Qodiriy with son among actors of Turon dram-theatre-studio

1923 yilda "Turkiston" gazetasining 1 yanvar sonida chop etilgan sonida yangi uslub ta’lim dasturlarini targ’ib qilish uchun “Nashri- Maorif”[6] jamiyatini tashkil etilgani haqida ma’lum qilindi. Bu jamiyat asoschilari sifatida Munavvar-Qori Abdurashidxonov, Mannon Ramz Shokirjon Rahimiy, Zahiriddin a’lam Elbek, Shahid Eson, Salimxon Tillaxonov, Hamid Sulaymon, Holmuhammad Ohundiy va Majid Qodiriylar ish yuritdilar.

Majid Qodiriy Turkistonni ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish va o'zbek xalqining savodxonlik darajasini oshirish yo’li bilan o’zbek xalqini ozodlikka olib chiqishning ashaddiy tarafdori edi.[7] .

Professor Naim Karimov o’zining “Jadidchilikni asos topishi - milliy g'oyaning asosi sifatida” [8] maqolasida Turkiston jadidlarini shunday ta'riflaydi: "Eng yaxshi vakillari jadidchilikning eng yaxshi vakillari, ular ko’pchilikni tashkil etgan albatta, xalqqa va Vataniga xizmat qilgan. Ularning butun hayoti katta tarixiy missiya - mazlum xalqqa ziyo nurini yog’dirish, unga baxtli hayot sari yo’lni ko’rsatish, o’ziga nisbatan hurmat va g’urur hissini uyg’otish, uning ota-bobolari yashagan yerga egalik hissini uqtirishga bag'ishlandi.” Majid Qori Qodiriy – ziyoli inson, yuksak ma’naviyat sohibi hamda buyuk o'zbek xalqining farzandi va o’z davrining qahramoni sifatida odamlarning hotirasida qoldi.

Matbuotda eʼlon qilingan maqolalar[tahrir]

1.Eski shahar Shayxantohur daha Oqmasjid mahallasidagi 3 bolalar bog’chasida “Ishchi fakultet” ochilur. “Qizil bayroq”, 10 noyabr 1921 yil soni.

2.Eski Toshkent fakulteti to’g’risida. “Qizil bayroq”, 1 avgust 1922 yil soni.

3.Tajriba kabinetlari . “Qizil bayroq”, 13 aprel 1923 yil soni.

4.Axloqsiz bolalar uyi ochilsin. “Turkiston” 13 yanvar 1924 yil soni.

5.O’qish yiliga obyom. “Turkiston” 31 oktyabr 1924 yil soni.

6.Maorif uyining rasm kushodi. “Turkiston” 17 iyul 1924 yil soni.

7.Zarafshon muzofotida tarix, osoriatiqalar qo’mitasi. “Qizil O’zbekiston” 16 mart 1925 yil soni.

8.O’zbekiston muzasi. “Qizil O’zbekiston” 24 mart 1925 yil soni.

9.Boylarning maqtanish uyasi. “Yer yuzi” jurnali, 2-son, 1925 yil.

10.Parij xotiralari. “Yer yuzi” jurnali, 3-son, 1925 yil.

11.Parijda O’zbekiston. “Yer yuzi” jurnali, 7-son, 1926 yil.

12.“Nozik madaniyat” joylashgan yer. “Yer yuzi” jurnali, 20-son, 1927 yil.

13.Jahon yo;llarining manzili. “Yer yuzi” jurnali, 23-son, 1927 yil.

14.Chopqir otlar. “Yer yuzi” jurnali, 25-son, 1927 yil va boshqalar.


Stalin-terrori (Siyosiy repressiya)[tahrir]

Majid Qodiriyning ismi (Majit Qodirov) O'zbekiston SSR bo’yicha “Stalinning otish ro’yxatlari”ga kiritilgan. Bu ro'yxatga partiya, xalq xo’jaligi, harbiy va ilm-fan sohasida ishlab kelgan yuqori va o'rta darajadagi rahbarlari kirgan. Ro’yxatlar NKVD organlari tomonidan tergov yakunlanishi bilan tuzilib VKP(b) Markaziy Qo'mitasi Siyosiy byurosiga tasdiqlash uchun yuborilgan. 2-5 a’zo tomonidan tasdiqlanishi bilan tergov ishlari bilan “yuridik rasmiylashtirish” uchun SSSR Oliy sudi Harbiy hay'atiga yuborilgan. Ro’yxatlar toifalarga bo’lingan bo’lgan, 1-chi toifa (ular asosiy katta qismni tashkil qilishgan) otish, o’lim jazosiga hukm qilinganlar bo’lgan. Oliy sudning harbiy hayyatining (bu holda – uning Toshkent tashrif sessiyasi) sudni maxsus tartibi deb atalmish, prokuror va advokat ishtirokisiz hukm chiqargan. Ishni ko'rib chiqish uchun ko'pi bilan 20-30 daqiqa ajratilgan, qaror ustidan shikoyat qilish imkoniyatisiz, hukmni ijroga yaqin soatlar ichida keltirilishi bilan amalga oshirilgan. Majid Qodiriy kiritilgan ro’yxat 12 sentyabr 1938 yilda Stalin, Molotov va Jdanov tomonidan tasdiqlangan bo’lgan. (Axborot "Memorial" fondi tomonidan 2009 yilda taqdim edildi).


Majid Qodiriy Rehabilitation after Reressions Ref Letter issued in 1958

Manbalar[tahrir]