Majeykyay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Majeykyay — Litvadagi Majeykyay rayoni markazi. Vilnyus shahridan 291 km shim.-gʻarbda joylashgan. Liyepaya, Shyaulyay, Yelgava shaharlari yoʻnalishidagi temir yoʻl tuguni. Aholisi 46,6 ming kishi (1995). Neftni qayta ishlash zavodi (M.dan 15 km naryada), elektrotexnika, kompressor, zigʻir, pivo zavodlari, poyabzal va mebel f-kalari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor. 19-asrda vujudga kelgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil