Mahsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jalolobod shahridagi mahsi bozor

Mahsi, massi — mayin, pishiq qoʻy yoki echki terisidan tayyorlanadigan poshnasiz, baland qoʻnjli poyabzal. Hozir kalta qoʻnjli turi ham mavjud. Tag charmi yalang qavat va yumshoq boʻlgani uchun kalish yoki kavush bilan kiyiladigan milliy oyoqkiyimi. M. musulmon xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan. Oyoqni sovuqsan asraydi, boldirni issiqtutadi. M.ga oʻxshash oyoq kiyimlari tasvirini Afrosiyob devoriy rasmlari (5—8-asrlarga oid)da koʻrish mumkin. M., asosan, 3 qismdan: qoʻnj, boshliq (betlik) va tagcharmdan iborat. Qoʻnj terisi qalinroq olinadi, yupqa teridan tikilsa, qalin, kattik matodan astar tikiladi. Kimga moʻljallanganligi (jins va yoshi)ga qarab mardona (katta yoshdagi erkaklar uchun), zaifona (katta yoshdagi ayollar uchun), bachkana (bolalar uchun) M.lar farqlanadi. Terining xillariga koʻra, amirkon M., bedana M., goʻspandi M. (qoʻy terisidan), xirom M., bulgʻori M. (mol terisidan) va boshqa turlari bor. M., odatda, kora tusli boʻladi, lekin Xorazmning baʼzi r-nlarida ayollar toʻyga kizil M. ki-yishgan. Qoʻnjining yuqori qismiga rangli iplar bilan mayda mashina choklarida gul tikib bezatiladi. Hozirgi kunda ham katta yoshdagi erkak va ayollar, baʼzi yoshlar M. kiyishadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil