Mahkam Obloqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mahkam Obloqulov (1920.16.4, Urgut tumani — 1992.12.2) — kulol; Samarkand kulollik maktabining namoyandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Hunarni ota-sidan oʻrgangan. 1935 yildan "Harakat" va "Ittifoq" (1937 yildan) artellarida kosagar usta. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda koʻzagar (koʻza, xum, tandir yasash) sifatida urgut kulolligini rivojlantirdi; anʼanaviy shakldagi kulollik buyumlarida rang va boʻyoklar jilvasi (sariq, yashil rang va ularning oʻnlar-cha tuslari)ni yaratdi. O. yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar Oʻzbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil