Mahkam Narziqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahkam Narziqulova
Tavalludi 15-aprel 1920-yil
Vafoti 21-mart 1973-yil(1973-03-21)
(52 yoshda)
Samarqand shahri
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Xaql taʼlimi xodimi, oʻqituvchi
Unvoni
Mukofotlari

Mahkam Narziqulova (15-aprel 1920-yil, Samarqand shahri21-mart 1973-yil, Samarqand shahri) — oʻqituvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1968), KPSS aʼzosi (1961)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahkam Narziqulova 1920-yil 15-aprelda Samarqand shahrida tavallud topgan. Narziqulova 1935-yilda Samarqand pedagogika bilim yurtini tugatgan. Samarqand shahridagi 5-oʻrta maktabning boshlangʻich sinflarida 38 yil mobaynida dars bergan. Narziqulova jamoat va maktab ishlarida faol qatnashgan. Butunittifoq oʻqituvchilar 3-syezdi, Butunittifoq kasaba uyushmalari 15-syezdi delegati boʻlgan. Lenin ordeni (1968), Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1959) bilan mukofotlangan. 1973-yil 21-martda Samarqand shahrida vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 OʻzSE 1976, s. 546

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VII tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1976 — 656 bet.