Mahkam Kamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahkam Kamolov
 O‘zbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi-
Mansab davri
1976 – 1984-yillar
Hukumat boshligʻi Mirahat Mirxojiyevich Mirqosimov
Avvalgisi Мirzaolim Ibragimovich Ibragimov
Keyingisi Nazir Rajabovich Rajabov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-dekabr 1925-yil
Vafoti 21-fevral 2020-yil (94 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Mahkam Kamolovich Kamolov (1925-yil 25-dekabr — 2020-yil 21-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet partiya va davlat arbobi. Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1976—1984-yillarda), Oʻzbekiston SSR meva-sabzavot xoʻjaligi vaziri (1989—1991-yillarda).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamolov Mahkam Kamolovich 1925-yil 25-dekabrda tugʻilgan. 1948-yildan VKP (b)  (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Mahkam Kamolovich mehnat faoliyatini tikuvchilik fabrikasida mexanik sifatida boshlagan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Partiya yetakchisi Kamolov oʻzining koʻp yillik faoliyati davomida Oʻzbekiston Komsomoli Markaziy Komiteti instruktori, Oʻzbekiston Komsomoli Toshkent viloyat komiteti kotibi, okrug ijroiya qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kalinin viloyat komitetining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Komsomoli Komitetining kotibi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek,  Oʻzbekiston Kompartiyasi Kalinin viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi kotibi lavozimlarida ham ishlagan.

1976—1984-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Namangan viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi;

1989—1991-yillarda — Oʻzbekiston SSR meva-sabzavot xoʻjaligi vaziri boʻlgan.

SSSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati etib saylangan.

Mukofotlari va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamolov I darajali Vatan urushi hamda Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR Oliy Kengashining deputatlari, 10-jild. — "SSSR mehnatkash xalq deputatlari Sovetlarining „Izvestiya“ nashriyoti. — 1980. — b. 191.
  • Kamolov
  • GA RF R7523 105 152 "SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 26-avgustdan 27-avgustgacha qabul qilingan qarorlari va ularga materiallar / 14-sonli bayonnomaga / No 2075-VIII dan 2078-VIII gacha. . 7-jild