Mahamat Yusupxoʻjaev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahamat Yusupxo'jaev Hamidovich
Tavalludi 1929
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunoslik, hindshunoslik
Ish joylari Toshkent teatr va rassomchilik instituti
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
"Hurmat belgisi" ordeni

Mahamat Yusupxoʻjaev Hamidovich (1929-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, hindshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1950-yilgi bitiruvchisi. Hindistonning „Hurmat belgisi“ ordeni sohibi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1950 — 1951-yillar Angrendagi maktabda oʻqituvchi;
  • 1952 — 1958-yillar Oʻzbekiston oʻquv ped.nashriyotida muharrir.
  • 1961 — 1964-yillar KPSS MK huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranti;
  • 1964 — 1968-yillar Oʻz FA SHI da ilmiy xodim.
  • 1968 — 1974-yillar Toshkent viloyati madaniy ishlar boshqarmasi boshligʻi.
  • 1974 — 1976-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik institutida kafedra mudiri.
  • 1976 — 1990-yillar SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Diniy ishlar kengashining Toshkent viloyatidagi vakili, 1990-yildan Toshkent viloyati milliy masalalar boʻyicha bosh mutaxassisi.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: „Rabochiy klass Indii v goda nezavisimosti“. — M., 1967.

  1. Razvitiye natsionalnoy promishlennosti i rabochiy klass Indii. — Tashkent: Uzbekistan, 1968.
  2. Osiyo mamlakatlarida proletariatning ahvoli va ishchilar harakati // Oʻzbekiston kommunisti. — Toshkent, 1968. — № 12.
  3. AQSHning ideologiya sohasidagi „tinchlik korpusi“. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1971. -Yu. Ponomaryov bilan hamkorlikda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar. Toshent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.