Mahachqalʼa
Maxachqala [1857-yilgacha Petrovsk, 1857—1922-yillarda Petrovsk—Port, 1857-yildan shahar] — Dogʻiston Respublikasi poytaxti (1923-yildan). Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi port. Temir yoʻl st-yasi. Katta Kavkazning etagida. Aholisi 337,2 ming kishi (1998). M. 1844-yilda Anji-Arka tepaligida pod-sho hukumati harbiy qismlarining Petrovsk tayanch istehkomi sifatida qurilgan. 1896-yilda Vladikavkaz, Rostov-Don va Boku shaharlari bilan temir yoʻl orqali birlashtirilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida neftni qayta ishlash va bochkasozlik zavodlari, ipyigiruv va tamaki fabrikalari, temir yoʻl ustaxonalari vujudga keldi. M. Dogʻistonning sano-at markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (elektr payvandlash uskunalari, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoq,lari uchun uskunalar ishlab chiqarish, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat (baliq-konser-va, vinochilik) korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. M. yonidan neft qazib olinadi. M. orqali Boku—RostovDon temir yoʻl liniyasi oʻtgan. Yirik binolari: "Dogʻiston" mehmonxonasi (1938), Hukumat uyi (1967), Drama teatri binosi va boshqa M.da Rossiya Fanlar akademiyasining Dogʻiston ilmiy markazi, universitet, politexnika, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va pedagogika institutlari, 5 teatr, Dogʻiston birlashgan muzeyi, Dogʻiston tasviriy sanʼat muzeylari bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |