Magomet Botashev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Magomet Abdurzakovich Botashev
Магомед Абдурзакович Боташев
Tavalludi 5-may 1921-yil
Qorachoy milliy okrugi, SSSR
Vafoti 6-may 2006-yil(2006-05-06)
(85 yoshda)
Jang/urush Ulugʻ Vatan Urushi
Mukofotlari

Magomet Abdurzakovich Botashev (1921-yil 5-may, RSFSR, SSSR, Karachay milliy okrugi, Xurzuk qishlogʻi – 2006-yil 6-may) – sovet partiya yetakchisi, davlat arbobi, Qorachoy-Cherkasiya viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1964–1979). Millati qorachoy[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magomet Abdurzakovich Botashev 1921-yil 5-mayda tugʻilgan. Uning kelib chiqishi qadimgi qorachoy qishlogʻi Xurzuk urugʻidan. Toʻrt aka-singilning eng kenjasi hisoblanadi. Otasi u hali bir yoshga toʻlmaganida vafot etgan. Bolaligi va yoshligi Kislovodskda oʻtgan, u yerda maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Keyin Tbilisidagi sanoat institutiga oʻqishga kirgan va oʻqish payti armiyaga chaqirilgan. Magomet Abdurzakovich Botashev Sovet-fin urushi hamda Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. U artilleriya ofitseri boʻlgan, koʻplab harbiy mukofotlar bilan taqdirlangan hamda Stalingrad mudofaasi va Kursk janglarida qatnashgan. Urushdan keyingi davrda qorachoylar bilan birga Oʻrta Osiyoga surgun qilingan. Bir muddat Toshkentda yashagan va Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutini tamomlagan. Qatagʻonga uchragan xalqlarni oʻz vataniga qaytarish harakatining faol ishtirokchisi boʻlgan.

Magomet Abdurzakovich Botashev 1939–1945-yillar Qizil Armiya safidada xizmat qilgan. 1957–1965-yillarda KPSS Qorachoy shahar qoʻmitasi kotibi, Qorachoy-Cherkasiya viloyati rejalashtirish komissiyasining raisi boʻlgan. 1965–1979-yillarda Qorachoy-Cherkasiya viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi, 1979–1989-yillarda SSSRning Polshadagi savdo vakolatxonasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Magomet Abdurzakovich Botashev 1989-yildan nafaqaga chiqqan hamda 2006-yil 6-mayda 85 yoshida vafot etgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magomet Abdurzakovich Botashev „Birinchi darajali Vatan urushi“ va „Qizil Yulduz“ ordenlari, uchta „Mehnat Qizil Bayroq“ ordeni, „Shon-sharaf belgisi“ ordeni hamda „Jasorat uchun“, „Stalingrad mudofaasi uchun“ va „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ kabi koʻplab medallar bilan taqdirlangan. U 1997-yilda II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni, 2001-yilda esa „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]