Kontent qismiga oʻtish

Magnus Eriksson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnus Lennart Eriksson (talaffuzi: Magnus Lenart Eriksson; 1990-yil 8-aprelda Shvetsiyada tugʻilgan) — shvetsiyalik futbolchi, „Djurgården“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Magnus Eriksson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Magnus Lennart Eriksson
Tavallud sanasi 8-aprel 1990-yil (1990-04-08) (34 yosh)
Tavallud joyi Solna, Shvetsiya
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Djurgårdens IF
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2006 AIK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2008 AIK 0 (0)
2008 → Väsby United (ijara) 10 (0)
2008 → Täby IS (ijara) 1 (1)
2008 → Akropolis IF (ijara) 9 (4)
2009—2010 Väsby United 48 (13)
2011—2012 Åtvidabergs FF 50 (26)
2012—2013 Gent 4 (0)
2013—2014 Malmö FF 60 (16)
2015 Guizhou Renhe 7 (0)
2015—2016 Brøndby IF 22 (1)
Milliy terma jamoa
2005—2007 Shvetsiya U17 10 (1)
2007—2010 Shvetsiya U19 10 (2)
2012 Shvetsiya U21 2 (0)
2014— Shvetsiya 5
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Magnus Eriksson oʻz shahrining „AIK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

2012-yilning yozida u Belgiyaning „Gent“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 15-sentyabr kuni „Mechelen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson Yupiler ligasida debyut qilgan[1]. Murabbiylarning doimiy oʻzgarishi tufayli Magnus Eriksson bor-yoʻgʻi toʻrtta bahsda qatnashgan va mavsum oxirida „Malmö“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, Vataniga qaytgan. 2013-yil 2-aprelda „Halmstads“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[2]. 5-aprel kuni oʻzining sobiq jamoasi „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus Eriksson „Malmö“ futbol klubi darvozasiga birinchi golni urgan[3]. Oʻsha yili u Shvetsiya Superkubogining gʻolibi va mamlakat chempioni boʻlgan.

Chempionlar ligasi saralash bosqichi oʻyinlarida Magnus Eriksson Avstriyaning „Red Bull“ jamoasi darvozasiga gol urgan va jamoaga turnirning guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan[4].

2015-yilning 10-iyulida Magnus Erikssonning „Brøndby“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. 19-iyul kuni u Daniya Superligasida „Aarhus“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[5]. 18-oktyabr kuni „Viborg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Magnus Eriksson „Brøndby“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[6]. Magnus Eriksson mavsum davomida faqat bir marta gol urgan, shu bois chempionat yakunlariga koʻra klub rahbariyati futbolchini sotishga qaror qilgan. 2016-yilning yozida Magnus Eriksson „Djurgården“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 18-iyul kuni „Jönköpings Södra“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[7]. 14-avgust kuni „Elfsborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Magnus „Djurgården“ futbol klubi safida birinchi golini urgan[8]. 2017-yilning 20-dekabrida Magnus Eriksson Amerikaning „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan[9]. U MLSdagi debyutini 2018-yilning 3-martida „Minnesota United“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida o‘tkazgan[10]. 2018-yilning 7-aprelida u MLSdagi ilk golini „Philadelphia Union“ futbol klubi darvozasiga kiritgan[11].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 17-yanvarida Magnus Eriksson Shvetsiya terma jamoasida Moldova bilan o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[12].

Jamoa Mamlakat Mavsum
AIK Solna Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2006—2008
F. C. Väsby United (ijara) 2008
Akropolis IF (ijara) 2008
F. C. Väsby United 2009—2010
Åtvidabergs FF 2011—2012
K. A. A. Gante Belgiya bayrogʻi Belgiya 2012—2013
Malmö FF Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2013-2014
Guizhou Renhe Xitoy bayrogʻi Xitoy 2015
Brøndby IF Daniya bayrogʻi Daniya 2015—2016
Djurgårdens IF Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2016—2017
San Jose Earthquakes AQSH bayrogʻi AQSh 2018—2020
Djurgårdens IF Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 2020
  1. „Гент VS. Мехелен 0:2“ (en). soccerway.com (2012-yil 15-sentyabr).
  2. „Мальмё VS. Хальмстад 1:1“ (en). soccerway.com (2013-yil 2-aprel).
  3. „Отвидаберг VS. Мальмё 1:3“ (en). soccerway.com (2013-yil 5-aprel).
  4. „Мальмё VS. Ред Булл 3:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 27-avgust).
  5. „Орхус VS. Брондбю 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul).
  6. „Виборг VS. Брондбю 0:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-oktyabr).
  7. „Йёнчёпингс Сёдра VS. Юргорден 1:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 18-iyul).
  8. „Юргорден VS. Эльфсборг 2:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 14-avgust).
  9. Charles Boehm. „San Jose Earthquakes sign Swedish league's top scorer Magnus Eriksson as DP“ (en). MLSsoccer.com (2017-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  10. „RECAP: Quakes win on Opening Night 3-2!“ (en). San Jose Earthquakes (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  11. „RECAP: Quakes take home a point after 1-1 draw in Philly“ (en). San Jose Earthquakes (2018-yil 7-aprel). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  12. „Молдова VS. Швеция 1:2“ (en). soccerway.com (2014-yil 17-yanvar).