Magnit kuchaytirgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnit kuchaytirgich - elektr signallarini kuchaytirish uchun moʻljallangan qurilma. Magnit kuchaytirgichda boshqariladigan elementlar ferromagnit oʻzakli induktivlik gʻaltaklari (qarang Induktivlik gʻaltagi) hisoblanadi. Ularda ikki oʻzgaruvchan magnit maydon mavjud boʻladi: biri — taʼminlash manbai chastotasida, ikkinchisi — kuchaytiriladigan signal chastotasida oʻzgaradi. Magnit kuchaytirgich lampali va tranzistorli kuchaytirgichlardan keskin farq qiladi. Magnit kuchaytirgich koʻproqoʻzgarmas tok yoki sekin oʻzgaradigan oʻzgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda ishlatiladi. Kuchaytiriladigan signallar chastotalari diapazonini yuqoriroq chastotalar tomonga kengaytirish uchun Magnit kuchaytirgich lampali, yarimoʻtkazgichli, elektr mashina kuchaytirgichlari va boshqa bilan birgalikda qoʻllaniladi. Magnit kuchaytirgich aniq oʻlchash asboblarida yirik agregatlar (prokat stanlari, ekskavatorlar va boshqalar) ni avtomatik boshqarish qurilmalari va boshqa sohalarda keng ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil