Induktivlik gʻaltagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Induktivlik gʻaltagi - sigʻimi va faol qarshiligi ancha kichik boʻlgani holda katta induktivlik qosil qiladigan spiralsimon oʻtkazgich. Bir tolali, baʼzan, koʻp tolali izolyasiyalangan simni silindr, toroid yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklli dielektrik-karkasga oʻrab tayyorlanadi. Karkassiz Induktivlik gʻaltagi ham bor. Induktivlik gʻaltagi simini bir qatlamli va koʻp qatlamli qilib oʻrash mumkin. Gʻaltak induktivligini oshirish uchun, koʻpincha, ferromagnit (elektrotexnika poʻlati, permalloy, ferrit va boshqalar), oʻzak qoʻllaniladi. Induktivlik gʻaltagi induktivligi gʻaltak oʻlchamlariga, oʻramlari soni kvadra-tiga va oʻzakning magnit singdiruvchanligiga toʻgʻri proprsional boʻladi. U elektr filtrlar va tebranish konturlarining elementi sifatida, transformatorlarda, rele, magnitli kuchaytirgich, elektromagnit va boshqa da qoʻllaniladi. L harfi bilan belgilaniladi. Genrilarda o'lchanadi.

Mikromodullarda qoʻllaniladigan yassi bosma gʻaltak, elektr mashinalarining chulgʻamlari, ramkali va ferrit antennalar ham Induktivlik gʻaltagi xillari hisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil