Madyar Xudayberganov
Xudaybergenov Madyar | |
---|---|
Tavalludi |
1924-yil 28-dekabr Yabla-Qangla qishlogʻi, Shovot tumani, Xorazm viloyati |
Vafoti | 2016-yil 29-iyun |
Fuqaroligi |
![]() |
Taʼlimi |
KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabi Urganch o‘qituvchilar instituti |
Kasbi | Pedagog |
Madiyor Xudoyberganov (1924-yil 28-dekabr, hozirgi Xorazm viloyati, Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻi, Oʻzbekiston- 2016-yil 29-iyun, Oʻzbekiston) – Sovet oʻzbek faoli, Oʻzbekiston Kommunistik Partiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi 1-kotibi. SSSR Oliy Kengashining 8-11-chaqiriq deputati. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xudoyberganov Madiyor 1924-yil 28-dekabrda Shovot tumani Yabla-Qangla qishlogʻida dunyoga kelgan. 1941-yildan boshlab Oʻzbekiston SSRda oʻqituvchilik qilgan. Shu yildan boshlab jamoat va siyosiy ishlarda faol ishtirok etishni boshlaydi. KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini tamomlagan.
1945–1951-yillarda Oʻzbekiston SSRda oʻquv boʻlimi mudiri, maktab direktori, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.
1951–1965-yillarda Xorazm viloyati Oʻzbekiston KP(b) Shovot okrug qoʻmitasi kotibi; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri; Oʻzbekiston KP Xorazm viloyati Xiva okrug qoʻmitasining 1-kotibi.
Xorazm viloyati Urganch oʻqituvchilar institutini tamomlagan.
1965-yil apreldan 1968-yil fevraliga qadar Xorazm viloyat Mehnatkashlar deputatlari Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi.
1968-yil fevraldan 1986-yil 13-yanvarga qadar Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
1986-yildan nafaqaga chiqqan. 2016-yil 29-iyunda vafot etdi.
Daraja
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madiyor Xudoyberganov 1965-, 1971-, 1978-, 1983-yillarda - jami to'rt marta Lenin ordeni bilan mukofotlangan. 1973-yilda Oktyabr inqilobi ordeni, 1985-yilda Vatan urushi ordeni, 1959-yilda „Shavkatli mehnat uchun“ medali, 1976-yilda "Jasorati uchun" medali kabi mukofotlarni qo'lga kiritgan. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1924-yilda tugʻilganlar
- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- 29-iyunda vafot etganlar
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Shavkatli mehnat uchun medali sohiblari
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Ittifoq Kengashining Xorazm viloyatidan saylangan deputatlari
- Xorazm viloyat ijroiya qoʻmitasi raislari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston SSRdan saylangan Millatlar Kengashi deputatlari