Madlen Aaron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madeline Aaron
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSh
Tavalludi 25-oktyabr 1994-yil (1994-10-25) (29 yosh)
Scottsdale, Arizona
Boʻyi 1.49 m (4 ft 10 12 in)
Oldingi sheriklari Max Settlage, Craig Norris
Murabbiyi Dalilah Sappenfield, Larry Ibarra, Eddie Shipstad, Damon Allen, Janet Champion, Elena Dostatni
Jamoasi Coyotes SC of Arizona
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Colorado Springs, Colorado
Uchishni boshlagan 2000
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 2014 Skate Canada International
Qisqa dastur 58.41
2014 Skate America
Erkin dastur 108.71
2014 Skate Canada International

Madeline Aaron (talaffuzi: Madelin Aron; 1994-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik sobiq figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Max Settlage bilan birga 2014 CS US Classic turnirining bronza medali sovrindori, ikki karra AQSh milliy chempionatining qalay medali sovrindori (2015 — 2016) va 2014-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh milliy chempioni boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aaron 2010-yilning may oyida murabbiy Dalilah Sappenfild taklifi bilan Max Settlage bilan juftlashgan. Bu juftlik Arizonadan Koloradoga mashgʻulotlar uchun koʻchib oʻtgan.

Aaron / Settlage juftligi 2011-yilda ISU Junior Gran-pri musobaqasida qatnasha boshlagan. Ular ikkita medalini qoʻlga kiritganlar (2012-yilda Lake Placidda oʻtkazilgan turnirda bronza va 2013-yilda Belarusda oʻtkazilgan turnirda kumush). 2014-yil yanvar oyida juftlik oʻsmirlar oʻrtasida AQSh milliy chempionligini qoʻlga kiritgach, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yuborilgan va u yerda juftlik beshinchi oʻrindan joy olgan. Aaron / Settlage juftligi 2014 — 2015-yilgi mavsumda yuqori darajaga koʻtarilgan. Chjan / Bartolomay juftligi jamoadan chiqib ketganidan keyin Aaron / Settlage juftligi 2014 Skate Canada International turniriga tayinlangan[1]. Ular 2015 yilgi AQSh chempionatida toʻrtinchi oʻrin uchun kalay medali bilan taqdirlanganlar.

2015-yil avgust oyida Settlage belining pastki qismidan jarohat olganidan so‘ng, juftlik taxminan uch oylik mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan. Aaron yozda burilishli elementni bajarayotganida yiqilib tushib, miya chayqalishini boshdan kechirgan. Bu juftlik Gran-pri musobaqasi oʻrtasida oʻtkazilgan, 2015 Cup of China turnirini tark etishga qaror qilgan va 2015 CS Tallinn Trophy musobaqasi boshlanganida qaytgan hamda u yerda beshinchi o‘rinni egallagan. 2016-yilgi AQSh chempionatida juftlik ketma-ket ikki yil kalay medalini qoʻlga kiritgan[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Settlage bilan)

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2015-2016

  • Hymne à l’amour
  • La bohème
2014-2015

  • Coppélia
  • The King and I
2013-2014

  • Adagio of Spartacus and Phrygia
2012-2013

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Settlage bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 10-11 11-12 12-13 13-14 14-15 15-16 16-17
GP Cup of China 4ㅤ WD
GP Skate America 5ㅤ WD
GP Skate Canada 4ㅤ
CS Nebelhorn 6ㅤ
CS Tallinn Trophy 5ㅤ
CS U. S. Classic 3ㅤ
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chemp. 5ㅤ
JGP Belarusiya 2
JGP Croatia 7ㅤ
JGP Estoniya 4ㅤ
JGP Polsha 5ㅤ
JGP AQSh 3ㅤ
Milliy
AQSh chemp. 1ㅤ N 6ㅤ J 3ㅤ J 1ㅤ J 4ㅤ 4ㅤ
Darajalar: N = kattalar ; J = oʻsmirlar . WD = tanlovni tark etgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2014-15 ISU Grand Prix of Figure Skating - Pairs“ (PDF) (2014-yil 22-iyul). 2014-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 26-iyul.
  2. „International Skating Union.“ (2014-yil 21-iyun). 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-noyabr.