Eshakshoʻra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Machin (oʻt)dan yoʻnaltirildi)

Eshakshoʻra, machin— gultojixoʻrozdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt turi. Poyasi tik, tukli, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 20—75 sm. Bargi tuxumsimon, oʻtkir uchli, bandi uzun. Gullari bir jinsli, gulqoʻrgʻoni 5 boʻlakli, otalik va onaligi bir oʻsimlikda. Mevasi bir urugʻli, tuxumsimon xaltacha. Urugʻi qora yaltiroq, silliq. Iyun — iyulda gullaydi, iyul—sentabr da urugʻlaydi.

Bir tup oʻsimlik 500 ming va undan ortiq urugʻ beradi. Ariq boʻyi, bogʻ va ekinzorlarda, partov yerlarda keng tarqalgan. Asosan, chopiqtalab ekinlar orasida koʻp uchraydi. E. boshqa begona oʻtlarga qaraganda kechroq unib chiqadi.

Kurash choralari: ekin qator oralaridagi E. kultivatsiya qilinib, egat ustidagilari gerbitsid sepib yoʻqotiladi; ekin ekishdan avval yoki ekish vaqtida yerga treflan yoki prometrin, kotofor singari gerbitsidlar solinadi.