Lyossli plato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lyossli plato, Lyossli tekislik (xitoy tilida Xuantugaoyuan) — Xitoydagi tabiiy oʻlka. Xuanxe daryosi havzasining oʻrta qismida. Jan.da Sinlin, sharqda Tayxanshan tizmalari, shim.da Ordos choʻli, shim.-gʻarbda Alashan choʻli, gʻarbda Kunlun tiz-malari bilan chegaralangan. Maydoni 430 ming km². Relyefi asosan, sertepa yassi tekislik boʻlib, balandligi 1200–1500 m (baʼ-zi tizmalarning balandligi 2500.ga yetadi). Geologik jihatdan Lyossli plato lyoss bilan krplangan qalin mezozoy stqiziklari bilan toʻlgan botiqdir. Lyoss qoplamining qalinligi 100–250 m. Deyarli toʻliq eroziyaga uchragan (1 km² da 5–6 km li jarliklar bor, chuq. 100–150 m ga yetadi). Iqlimi quruq sovuq qishli va yozi issiq moʻʼtadil iqlim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shim.da —8° dan jan.da — 4°gacha, iyulniki shim.da 22° dan jan.da 24°gacha. Yiliga 500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Daryolar chuqur daralardan oqadi va juda katta miqdorda oqiziq olib ketadi. Lyossli tuproqlarning unumdorligi sababli, hududining katta kismi oʻzlashtirilgan, yon bagʻirlar sunʼiy terrasalangan. Paxta, tariq, gaolyan, bugʻdoy ekiladi. Tabiiy oʻsimliklar faqat oʻzlashtirish noqulay yerlardagina saqlanib qolgan. Toshkoʻ-mir konlari bor. Lyossli platoda aholi zich. Yirik shaharlari — Sian, Tayyuan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil