Luka Menalo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luka Menalo
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 22-iyul 1996-yil (1996-07-22) (27 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 1.81 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dinamo Zagreb
Raqami 70
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
HNK Višići[2]
Čapljina
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Čapljina 12 (2)
2014—2018 Široki Brijeg 71 (28)
2018— Dinamo Zagreb 34 (4)
2019Slaven Belupo (ijara) 12 (0)
2019—2020Olimpija Ljubljana (ijara) 33 (10)
2020Dinamo Zagreb II 2 (0)
2020—2021Rijeka (ijara) 28 (6)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Bosniya va Gersegovina U19
2017—2018 Bosniya va Gersegovina U21 7 (2)
2018— Bosniya va Gersegovina 13 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-iyul uchun)

Luka Menalo (1996-yil 22-iyulda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Xorvatiya ligasining Dinamo Zagreb klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menalo Splitda tugʻilgan, lekin Čapljina shahrida oʻsgan[3]. HNK Čapljina safida 2014-yilning 2-martida 17 yoshida Mladostga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. 14-may kuni Igman Konjicga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi golini urdi[5].

2014-yilning yozida Menalo Široki Brijegga oʻtdi[6]. 2015-yilning yanvarida jamoa bilan 5 yillik professional shartnoma imzoladi[7]. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 2016-yilning 21-sentyabrida sobiq jamoasi „Čapljina“ga qarshi o‘yinda amalga oshirdi[8]. Menalo Široki Brijeg bilan oʻtkazgan soʻnggi ikki mavsumda liganing eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan[9].

Dinamo Zagreb[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning fevralida Xorvatiyaning Dinamo Zagreb jamoasi Menalo keyingi mavsumda besh yillik shartnoma asosida kelishini eʼlon qildi[10]. Klubdagi debyutini 2018-yil 27-iyulda Rudešga qarshi o‘tkazdi[11].

2019-yilning yanvarida Menalo yarim mavsumga Slaven Belupoga ijaraga berildi[12].

2019-yil iyul oyida Sloveniyaning PrvaLiga jamoasi Olimpija Ljubljanaga mavsumiy ijaraga yuborildi[13].

Menalo 2020-yil 26-sentyabr kuni Xorvatiya kubogi-2021da Ferdinandovac ustidan qozonilgan g‘alabada xet-trik qayd etgan. Bu Zagrebning „Dinamo“sidagi ilk gollari edi[14].

2020-yil oktyabr oyida Riyekaga mavsumiy ijaraga yuborildi[15]. Klub safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan[16].

Ijaradan qaytganidan soʻng, Menalo 2021-yil oktyabr oyida Hrvatski Dragovoljac qarshi oʻyinda „Dinamo“ safidagi ilk dublini qayd etdi[17].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Menalo Bosniya va Gersegovinanining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan[18][19]. Kelib chiqishi xorvat boʻlganligi sababli, Xorvatiyada oʻynashi mumkin edi, ammo barcha takliflarni rad etdi[20][21].

2018-yil yanvar oyida AQSh va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi[22]. 2021-yil 7-sentyabr kuni 2022-yilgi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Qozog‘istonga qarshi o‘yinda ilk golini urdi[23].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

21-may, 2022-yil[1][16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Čapljina 2013—2014 FBiH birinchi ligasi 12 2 12 2
Široki Brijeg 2014—2015 Bosniya Premyer-ligasi 4 2 2 0 6 2
2015—2016 Bosniya Premyer-ligasi 16 4 4 4 20 8
2016—2017 Bosniya Premyer-ligasi 28 10 7 4 2 0 37 14
2017—2018 Bosniya Premyer-ligasi 23 12 1 0 4 0 28 12
Jami 71 28 14 8 6 0 91 36
Dinamo Zagreb 2018—2019 Xorvatiya birinchi ligasi 10 0 2 0 0 0 12 0
2020—2021 Xorvatiya birinchi ligasi 1 0 1 3 0 0 2 3
2021—2022 Xorvatiya birinchi ligasi 22 3 2 1 13 2 37 6
Jami 33 3 5 4 13 2 51 9
Slaven Belupo (ijara) 2018—2019 Xorvatiya birinchi ligasi 12 0 12 0
Olimpija Ljubljana (ijara) 2019—2020 Slovenian PrvaLiga 33 10 1 0 4 1 38 11
Dinamo Zagreb II 2020—2021 Xorvatiya ikkinchi ligasi 2 0 2 0
Rijeka (ijara) 2020—2021 Xorvatiya birinchi ligasi 28 6 4 3 4 1 36 10
Jami faoliyati 191 49 24 15 27 4 242 68


Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-iyun, 2022-yil[24]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gertsegovina 2018 2 0
2019 0 0
2020 0 0
2021 6 2
2022 5 1
Jami 13 3
Luka Menalo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 7-sentyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina  Qozogʻiston 2—1 2—2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2021-yil 13-noyabr Bilino Polje, Zenica, Bosniya va Gertsegovina  Finlandiya 1—2 1—3 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2022-yil 11-iyun Podgorica City stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya  Chernogoriya 1—0 1—1 2022-23 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xorvatiya Birinchi ligasi: 2021—2022

Široki Brijeg

  • Bosniya kubogi: 2016—2017

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „L. Menalo“. soccerway.com. Qaraldi: 2020-yil 19-iyul.
  2. „FOTO: HNK Višići imaju bolji teren od većine prvoligaša!“ (hr). Đaka city - Čapljina portal (2018-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  3. „Otkriće Roberta Prosinečkog uzburkalo duhove u Hrvatskoj: Žele ga hrvatski velikani, a on kaže: Nisam rekao da je Hajduk najveći, u mom je gradu...“ (hr). jutarnji.hr (2018-yil 1-fevral). Qaraldi: 2018-yil 4-fevral.
  4. „Sloboda pregazila Troglav, Jedinstvu tri boda u Srebreniku“ (bs). sportsport.ba (2014-yil 2-mart). Qaraldi: 2014-yil 5-mart.
  5. „Golijade u Sanskom Mostu, Orašju, Bugojnu, Konjicu...“ (bs). sportsport.ba (2014-yil 14-may). Qaraldi: 2014-yil 17-may.
  6. „Zvanično: Luka Menalo napustio Široki Brijeg“ (bs). oslobodjenje.ba (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  7. „Široki Brijeg: Profesionalni ugovori za trojicu igrača“ (bs). faktor.ba (2015-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  8. „Kup BiH: Rutinske pobjede Željezničara i Širokog Brijega, čak pet premijerligaša ispalo“ (bs). klix.ba (2016-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 23-sentyabr.
  9. „Održan izbor "Kristalnih 11", Zakarić proglašen najboljim igračem Premijer lige“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 14-may). Qaraldi: 2018-yil 16-may.
  10. „Zvanično: Luka Menalo potpisao za Dinamo!“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  11. „Rudeš umalo zaledio Maksimir na početku prvenstva, Fiolić spasio Dinamo“ (bs). sportsport.ba (2018-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  12. „Zvanično: Luka Menalo pronašao novi angažman“ (bs). oslobodjenje.ba (2019-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  13. „Luka Menalo karijeru nastavlja u Sloveniji“ (bs). reprezentacija.ba (2019-yil 3-iyul). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  14. D. S. „Reakcije igrača Dinama poslije Kupa; jedna zvijezda 'modrih' nije skrivala da zamalo nije zaplakala zbog svega što je prošla“ (hr). tportal.hr (2020-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  15. „Povremeni reprezentativac BiH Luka Menalo na posudbi u Rijeci“ (bs). klix.ba (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  16. 16,0 16,1 „Luka Menalo » Club matches“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  17. „Luka Menalo zabio dva gola i asistirao u nevjerovatnoj pobjedi Dinama“ (bs). reprezentacija.ba (2021-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-aprel.
  18. „Juniorska nogometna reprezentacija BiH savladala selekciju SAD-a“ (bs). Klix.ba (2015-yil 28-aprel). Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  19. „Luka Menalo » Internationals“ (en). worldfootball.net. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
  20. „NA PITANJE HRVATSKA ILI BIH: Luka Menalo je dao jasan odgovor“ (bs-BA). Sportske.ba (2018-yil 31-yanvar). 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  21. „Ima i hrvatsko državljanstvo, ali dobio poziv BiH pa poručio: Maštao sam...“ (hr). vecernji.hr. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
  22. „Prosinečki objavio širi spisak nogometaša za utakmice sa SAD-om i Meksikom“ (bs). klix.ba (2018-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 12-yanvar.
  23. „Menalo: Nevjerovatno da ovo nismo dobili, sada nam je potrebno da se ujedinimo“ (bs). klix.ba (2021-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  24. „Luka Menalo“. eu-football.info. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.