Luiza Rasulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Luiza Rasulova
Tavalludi
Luiza Rasulova Pardayevna

24-aprel 1995-yil (1995-04-24) (28 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktrisa, qoʻshiqchi va boshlovchi
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Veb-sayti luizarasulova.uz

Luiza Rasulova Pardayevna 1995-yil 24-aprelda tugʻilgan. Oʻzbek aktrisasi va boshlovchisi. Luiza Rasulova 2012-yilda „O Maryam, Maryam“ oʻzbek dramasida bosh rolni ijro etganidan soʻng Oʻzbekistonda keng eʼtirof va olqishlarga sazovor boʻldi. Oʻshandan beri Luiza Rasulova koʻplab oʻzbek komediya filmlarida rol oʻynagan[1]. Luiza Rasulova bir qancha qoʻshiqlar ham yozgan[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Luiza Rasulova 1995-yil 24-aprelda Oʻzbekistonning Toshkent shahrida tugʻilgan. U hali turmushga chiqmagani uchun onasi va akalari bilan yashaydi[3]. Luiza Rasulova professional faoliyatini 2010-yilda boshlagan[4]. Aktrisa Luiza Rasulova 2011-yilda suratga olingan „Yondiradi kuydiradi“ filmida, 2012-yilda esa qoʻshiqchi Shahzoda va Ulugʻbek Qodirovlar bilan hamkorlikda rejissor Baxrom Yoqubov tomonidan suratga olingan „Ey Maryam, Maryam“ oʻzbek filmida suratga tushgan. Shundan soʻng Luiza Rasulova aktrisa sifatida tanildi[5][6]. 2017-yilda Luiza Rasulova Zoʻr TVda „Indigo“ koʻrsatuvi boshlovchisi sifatida ish boshlagan[7][8].

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisa Luiza Rasulova oliy maʼlumotga ega. 2002—2011-yillarda oʻrta maktabni, 2011—2013-yillarda esa 10-11-sinflarni tamomlagan. 2013-yilda Luiza Rasulova Taras Shevchenko nomidagi Kiev Milliy universitetining Drama va kino aktyorligi fakultetiga oʻqishga kirdi va 2017-yilda uni tamomladi[9]. Aktrisa Luiza Rasulova oʻzbek, rus, ingliz va ukrain tillarini biladi[10].

Xayriyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Luiza Rasulova xonanda Rayhon Gʻaniyeva va oʻzbek komiki Halima Ibragimova bilan birgalikda „Roʻzgʻorga barokat“ xayriya jamgʻarmasini tashkil qilgan[11].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Rol Manba
2011-yil Yondiradi Kuydiradi Madina [12]
2011-yil Xazina Dildora
2012-yil Ey Maryam, Maryam Maryam [13]
2015-yil Yuragim Seniki Guli [14]
2015-yil Qanot Malika
2016-yil Vijdon Azobi Saodat [15]
2017-yil Qaysarginam 2 Leyla [16]
2017-yil Ona Guli
2018-yil Muhabbat va Nafrat Iroda [17]
2019-yil Keksa Boʻydoq Xusnora [18]
2019-yil Zaharli Tomchilar Dildora
2019-yil Begunoh Guli
2019-yil Vasiyat Kamola [19]

Qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Qoʻshiq Manba
2020 Men boʻlmasam [20]
2020 Yetar bas [21]
2020 Nola [22]
2020 Vatan [23]
2020 Osmondagi oy [24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The page of the movie O Marya, Maryam on IMDb.“.
  2. „Songs performed by Luisa Rasulova“.
  3. „Биография и личная жизнь Луизы Расуловой“. kumir.online.
  4. „Aktrisa Luiza Rasulova shou-biznes saytlaridan birining istagi bo'yicha fotosessiyaga tushib berdi“ (oʻzbekcha). kun.uz. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2020-yil.
  5. „Кинотеатрларда яна бир драматик фильм намойиши бошланди“. kun.uz.
  6. „Milliy kino Yondiradi Kuydiradi“ (oʻzbekcha). uzbeklar.net. Qaraldi: 2-aprel 2020-yil.
  7. „Zo'r TV - первый частный телеканал в FullHD“ (ruscha). zortv.uz. Qaraldi: 10-aprel 2018-yil.
  8. „INDIGO – Развлекательное шоу о талантливых детях.“ (ruscha). dance.uz. 10-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2017-yil.
  9. „Luiza Rasulova biografiyasi“. nozim-studio.com.
  10. „Актриса Луиза Расулова рассказала о том, как получала бриллиант от дубайского шейха“ (ruscha). upl.uz. Qaraldi: 6-mart 2020-yil.
  11. „Ro'zg'orga baraka fondi“.
  12. „"Любовь моя — боль моя" (Yondiradi Kuydiradi, 2011)“.
  13. „O, Maryam, Maryam (2012) (O'zbek Kino)“ (ruscha). afisha.uz.
  14. „Milliy kino "Yuragim Seniki"“. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  15. „Milliy serial Vijdon Azobi“.
  16. „Oʻzbek kinosi Qaysarginam 2“. rizanova.com. 10-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
  17. „Muhabbat va Nafrat kinosi“. buluteka.com. 2021-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  18. „Keksa boydoq filmi“. rizanova.com. 9-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
  19. „Oʻzbek kinosi "Vasiyat"“. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  20. „Luiza Rasulova - Men bo'lmasam“ (oʻzbekcha). muzfm.tv.
  21. „Luiza Rasulova - Yetar bas“ (oʻzbekcha). muzfm.tv.
  22. „Luiza Rasulova - Nola“ (oʻzbekcha). music.yandex.ru. [sayt ishlamaydi]
  23. „Luiza Rasulova - Vatan“ (oʻzbekcha). music.yandex.ru. [sayt ishlamaydi]
  24. „Luiza Rasulova - Osmondagi oy“ (oʻzbekcha). music.yandex.ru. [sayt ishlamaydi]