Lucy Hutchinson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lucy Hutchinson
Tavalludi
Lucy Rose Hutchinson[1]

18-iyul 2003-yil (2003-07-18) (20 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2008-hozirgacha

Lucy Rose Hutchinson (talaffuzi: Lusi Rouz Hatchinsn; 18-iyul, 2003-yil, London, Angliyada tugʻilgan) — Ridley Scottning Prometheus filmida yosh Elizabeth Shaw rolini ijro etishi bilan mashhur boʻlgan ingliz aktrisasi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hutchinsonning birinchi aktyorlik tajribasi 2008-yilda Jacqueline Wilsoning 2001-yilgi yozilgan xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan Dustbin Baby filmida paydo boʻladi[2]. Dustbin Baby filmida fleshbeklarda koʻrilgan aprel oyi qahramonining yosh talqinini gavdalantiradi.

Hutchinson suratga olish vaqtida besh yoshda edi va uni rejissyor Juliet Maymen uchratgan eng ajoyib besh yoshli bolalardan biri“, deya taʼriflagan hamda „u umuman rollarini tabiiy ijro etadi“, deya qoʻshimcha qiladi[3].

Dustbin Baby filmida paydo boʻlishidan oldin, Hutchinson bolalar uchun mahalliy drama guruhida qatnashgan va jamoa bilan roʻyxatdan oʻtgan. Uning otasi qizining roli haqida:

Qizalogʻim toʻgʻri joyda toʻgʻri paytda boʻlgani uchun olingan“.. U nihoyatda omadli edi, lekin bu uning muvaffaqiyatga erishganiga xalaqit bermaydi"[4].

Dustbin Baby chiqqandan soʻng, Hutchinson Britaniyaning EastEnders, Doc Martin va Psychoville teledasturlariga taklif qilinadi. Aktrisa filmlardagi debyutini " Prometey " filmi uchun sahnalarni suratga tushganida amalga oshiradi. Bunda u bosh qahramon Elizabeth Shawning yoshligini gavdalantiradi.

Hutchinson oʻz debyuti haqida:

Bu juda yaxshi boʻldi va menimcha, bu tajriba oʻlaroq ham juda ajoyib. Biz Pinewoodda suratga tushayotgan edik, bu juda katta joy va bu menga u yerda yana qanday toʻplamlar qurilayotganini koʻrishga imkoniyat yaratib berdi. Bu esa juda yaxshi. Men hech qachon katta jamoada boʻlmaganman, shunchaki juda ham hayonlandim. Bilaman, bu katta sahna edi, Ridley Scott menga bu juda katta sahna ekanligini aytdi. Men oʻzimga juda ishonardim va shunchaki „ha, men buni qilaman“ deb oʻyladim.", deya intervyu beradi[5]

Keyinchalik Hutchinson radio, sahna va televideniyeda chiqish qiladi, jumladan, Little Crackers, The Politician's Husband, Not Going Out hamda Inside No. 9 filmlarida. U Dani's Castle va The Kennedys komediyalarida bosh rollarni ijro etgan. Hutchinson Croydonda istiqomat qiladi va maktabda oʻqiydi. U ota-onasi, Gary va Anna hamda akasi bilan yashaydi[6][7].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kino va televideniyedagi rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Havolalar
2008 Dustbin Baby Young April Johnson TV film
2009 EastEnders Stacey Slater’s imaginary daughter 3ta epizod
2011 Psychoville Chloe Groves 3ta epizod [8][9]
2011 Doc Martin Ella Epizod: „Donʼt Let Go“ [10]
2012 Prometheus Young Elizabeth Shaw Film
2012 The Poison Tree Young Biba TV film
2012 Little Crackers Yosh Rebecca Front Epizod: „Rebecca Frontʼs Little Cracker: Rainy Days & Mondays“ [11]
2013 The Politicianʼs Husband Ruby Hoynes 3ta epizod
2013 Not Going Out Nancy Epizod: „Magic“
2014 Terry and Brenda Kelly Qisqa metrajli film
2014 Inside No. 9 Tamsin Epizod: „Last Gasp“
2015 Mr. Bean Little Girl Comic Relief special sketch: „Funeral“ [12]
2015 Dani’s Castle Leonie Bosh rol
2015 The Kennedys Emma Bosh rol [13][14]
2016 Casualty Chloe 1ta epizod „The Best Day of My Life“

Sahnalarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Havolalar
2013 To Kill a Mockingbird — pyessa Scout Play won the 2014 Samuel French Best Play Revival WhatsOnStage Award[15] [16]
2013-2014 Emil and The Detectives — Pyessa Pony

Radioda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Havolalar
2014-hozirgacha Home Front Jessie Moore Longlisted for 2015 Best Actor or Actress in a Debut Role BBC Audio Drama Award[17] [18]
2014 Dangerous Visions Anna Radio 4 drama; epizod „The Illustrated Man“ [19]
2015 Earthsea Serret Radio 4 adaptation of Earthsea; epizod 1, „Shadow“ [20]
2015 All Those Women Emily Radio 4 drama; main role [21]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Search Results for Civil Births in Birth, Marriage, Death & Parish Records“. findmypast.co.uk. England & Wales Births 1837–2006. Qaraldi: 2019-yil 14-iyun.
  2. Williamson, Hannah. „Schoolgirl stars in sci-fi blockbuster“. Croydon Guardian (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2012-yil 10-may.
  3. Ouston, Julia (12 January 2009).
  4. Millard, Neil. „Sanderstead schoolgirl to star in BBC Jacqueline Wilson drama“. This Is Croydon. Northcliffe Media (2008-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 7-may.
  5. Williamson, Hannah. „Schoolgirl stars in sci-fi blockbuster“. Croydon Guardian (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2012-yil 10-may.Williamson, Hannah (9 May 2012).
  6. Williamson, Hannah. „Schoolgirl stars in sci-fi blockbuster“. Croydon Guardian (2012-yil 9-may). Qaraldi: 2012-yil 10-may.Williamson, Hannah (9 May 2012).
  7. Wilkinson, Mark; Martin, Emer. Eight-year-old joins Hollywood stars in Ridley Scott's new sci-fi thriller. London Evening Standard (2012-yil 10-may), s. 31.
  8. Mulkern, Patrick. „Psychoville; Series 2 Episode 3“. Radio Times. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  9. Mulkern, Patrick. „Psychoville – Series 2 Episode 4“. Radio Times. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  10. Seale, Jack. „Doc Martin; Series 5, epizod 6 – Don't Let Go“. Radio Times. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  11. „Little Crackers; Series 3 – 2. Rebecca Front's Little Cracker“. Radio Times. Qaraldi: 2012-yil 5-dekabr.
  12. „Comic Relief Special – Funeral“. British Comedy Guide. Qaraldi: 2015-yil 15-iyun.
  13. „Filming starts on new BBC comedy The Kennedys“. British Comedy Guide (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  14. „The Kennedys“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  15. „Full List: Winners of the 2014 WhatsOnStage Awards“. WhatsOnStage (2014-yil 23-fevral). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  16. „Summer Season at Regent's Park Theatre“. Britain Magazine. VisitBritain (2013-yil 30-may). Qaraldi: 2013-yil 30-avgust.
  17. „BBC Audio Drama Awards 2015 Long List“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  18. „Jessie Moore“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  19. „BBC Radio 4 – Dangerous Visions – The Illustrated Man“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  20. „BBC Radio 4 Extra – Ursula Le Guin – Earthsea, Shadow“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  21. „All Those Women“. BBC. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]