Loreta Kullashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loreta Kullashi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Loreta Kullashi[1]
Tavallud sanasi 20-may 1999-yil (1999-05-20) (24 yosh)
Tavallud joyi Helsinki, Finlandiya
Boʻyi 171cm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Rosengård
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Snöstorp Nyhem FF
2011—2015 AIK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 AIK 38 (24)
2017—2021 Eskilstuna United 76 (27)
2021- FC Rosengård 9 (0)
Milliy terma jamoa
2018– Shvetsiya 7 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(8 avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (30 avgust uchun)

Loreta Kullashi (1999-yil 20-mayda tugʻilgan) - shved futbolchisi, Damalsvenskandagi Shvetsiyaning Rosengård klubi va Shvetsiya terma jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kullashi Finlandiyaning Xelsinki shahrida kosovar -alban oilasida tugʻilgan. U besh yoshida Finlandiyadan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan[2] va Halmstadda oʻsgan[3]. U Snöstorp Nyhem FFning yoshlar jamoasida futbol oʻynashni boshladi va 2011-yil yozida AIKga koʻchib oʻtdi. U 15 yoshida AIK uchun debyutini 2015-yil 29-mart kuni Umeå IKda Svenska Kupen chorak finalida oʻtkazdi[4].

U 2015-yilgi Damallsvenskanda quyi ligaga tushib ketgan AIK uchun oltita oʻyinda maydonga tushdi, keyingi mavsumda asosiy oʻyinchiga aylandi. 2016-yilda u Elitettan safida 20 ta oʻyinda 15 ta va barcha musobaqalarda 23 ta oʻyinda 20 ta gol urdi. 2017-yil yanvar oyida u Angliyaning FA WSL klubi hisoblanmish Manchester Cityga sinov tariqasida qoʻshildi, ammo oxir-oqibat 2017-yilgi mavsum uchun AIK bilan qayta shartnoma imzoladi. 2017-yil iyul oyida u Damalsvenskan klubi Eskilstuna Unitedga oʻtdi[5].

Eskilstuna United safidagi debyut uchrashuvida Kullashi IF Limhamn Bunkeflo ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita gol urdi. Uni jamoadoshi Oliviya Schough va uning yangi murabbiyi dribling qobiliyati uchun uni maqtagan[2].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kulashi 2016-yilda Papua-Yangi Gvineyada boʻlib oʻtadigan FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida Shvetsiya terma jamoasiga kiritilgan eng yosh futbolchi edi.

2018-yilning yanvar oyida 18 yoshli Kullashi Shvetsiya terma jamoasida ilk debyutini oʻtkazdi va Janubiy Afrika ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, ikkita gol urdi[6].

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018-yil 21-yanvar Green Point stadioni, Keyptaun, Janubiy Afrika Janubiy Afrika 0–2 0–3 Oʻrtoqlik
2. 0–3
3. 2019-yil 4-oktyabr Diosgyori stadioni, Miskolc, Vengriya Vengriya 0–5 0–5 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players - Sweden“. FIFA (24-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.
  2. 2,0 2,1 Petersson. „Loreta Kullashi: "Min dröm är att bli en av de bästa i världen"“ (shvedcha). Eskilstuna-Kuriren (9-sentabr 2017-yil). — „Jag flyttade till Sverige från Finland när jag var fem år.“. 16-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  3. Åkesson, Jimmy. „Starten på 2018 års kapitel“ (shvedcha). Vilirare (21-fevral 2018-yil). Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.
  4. Mellerborg, Stefan. „10 Loreta Kullashi“ (shvedcha). AIK Fotboll. Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.
  5. Mellerborg, Stefan. „Loreta Kullashi till Eskilstuna United DFF“ (shvedcha). AIK Fotboll (21-iyul 2017-yil). Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.
  6. Durefelt, Filip. „18-åringens drömdebut i landslaget – målskytt efter en minut“ (shvedcha). Aftonbladet (21-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 16-iyul 2019-yil.